Arxeologik manbalar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy
qoldiqlari, odamlar yashagan g’or va ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari,
qoyatosh rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar ham kiradi.
Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarga tayanib ish
ko’radilar.
Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o’rganish birdan bir maqsad qilib olinmaydi,
topilmalarni tilga kiritish va o’sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir.
SHuning uchun topilmalar tarixiy tadqiqodlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga
ega bo’ladi. Buyumlarning yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda yasalganini aniqlash
tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |