Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/452
Sana23.06.2022
Hajmi15,64 Mb.
#694917
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   452
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
17 
2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
REJA: 
1.
Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri. 
2.
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. 
3.
O‘rta asrlar Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari (Forobiy, Ibn Sino va Beruniy)ning 
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy ta’limotlari. 
4.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy 
fikrlar
5.
XX-XX1 o‘zbek falsafasi 
Tayanch tushunchalar.
Qadimgi Sharq falsafasi, Daosizm, Konfutsiy ta’limoti, Veda, Ramayana, 
Mahobhorat, Avesto, Zardo‘sht, Islom falsafasi, Abu Mansur Moturidiy, kubraviya, yassaviya, 
naqshbandiya tariqatlari, panteizm, Temuriylar davri falsafasi, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, 
Beruniy, shariat, tariqat, sezgi. 
Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
Oddiy 
tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham 
qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, 
ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va 
qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik 
manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan.
Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan 
Bobilda eramizdan oldin 4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq 
odamlarning dunyoda ro‘y berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari 
va qiziqishlarini, garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy 
qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur 
asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning 
inson hayoti va tirikchiligining abadiy manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan 
kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari 
zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan 
hikoyalardan yaqqol bilib olamiz. 
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan 
yovuzlik boylik bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar 
ifodalangan. «Jafokash avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz 
buning yaqqol guvohi bo‘lamiz. Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va 
adolatsizlik haqida, ularning sabablari va bartaraf etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki 
falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar bayon etilgan. 
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar 
asosida Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda 
foydalanish zarurati, mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash, 
ishchi kuchlarning samarasini belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab 
chiqish zarurati dastlabki arifmetik va geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu 
narsa o‘sha davrlardayoq taqvimning paydo bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya 
sohasida ma’lum bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish