Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/452
Sana31.05.2023
Hajmi15,64 Mb.
#946810
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   452
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

cheksizdir. Kishilar borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi, 
ularning o‘z turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va 
qarashlari miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi. 
Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik 
ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining va o‘z 
atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va hodisalarning esa 
o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi haqida ma’lum 
tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar va tushunchalar uning borliqni, 
o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi o‘z o‘rnini qanday anglashini 
ifodalaydi. Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong darajasidagi qarashlaridir. Bu 
avvalo,inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi 
natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. 
Dunyoqarash, insonning o‘ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini 
ifodalaydigan muayyan ko‘nikmalari, bilimlari, malakalari hamda uning dunyoni amaliy va 
nazariy o‘zlashtirishi hamdir.
 
Dunyoqarash tushunchasi
.
har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, 
hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, 
qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining 
mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan 
voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, 
tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok 
etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual 
dunyoqarash deyiladi. 
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir 
ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga 
xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va 
shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning 
dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi 
jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
 
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib 
boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan 
murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy 
dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.
 
Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining 
dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish 
funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos 
oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida 
asosan qadimgi davr kishilari uchun xarak
t
erlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi 
davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va 
rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy 
shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining 
ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar 
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar 
o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning 
tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi 
predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning 
paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari 
bilan
 
olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va 
shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga 
xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni 
bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish