Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/452
Sana26.02.2022
Hajmi15,64 Mb.
#465845
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   452
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
114 
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
 
REJA: 
1.
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi.
2.
Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
3.
Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik 
konsepsiyalari.
4.
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
5.
Inson borlig‘ida o‘zlikni anglashning namoyon bo‘lishi.
Tayanch tushunchalar: 
Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson — biologik mavjudot, inson — 
ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, introvertiv, ekstrovertiv, inson ehtiyojlari, 
manfaatlari,maqsadi, ideallari, inson huquqi, barkamol inson, praksiologiya, faoliyatning atributlari.
 
 
Inson falsafiy muammo sifatida. 
Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson 
moddiy va ma’naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan 
faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy 
tizimlar, katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot 
sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti, deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining 
tagiga etish borliq jumbog‘ining tagiga etish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab 
etganlar. Zero, Forobiy aytganidek, «Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy 
ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga 
aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi»
1
. O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. 
Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan, sirtdan bilishga bo‘lgan barcha 
urinishlar,narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga 
qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero, bu mohiyat 
insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. 
Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, Yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin. 
Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib yozilgan, 
rivoyatlarga qaraganda, Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan «O‘z-o‘zingni angla», degan ibora, 
ayniqsa, mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir 
ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson 
borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat 
qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat 
shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va 
falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta 
murakkab, «boqiy» falsafiy masala lardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tarixga boshqa ko‘p 
sonli iboralar ham ma’lum bo‘lib, ular vaqt, madaniyat va diniy e’tiqoddan qat’i nazar, inson 
barcha zamonlarda butun dunyo mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lgani va hozir ham 
shunday ekanligi, tayanch nuqtasi va hatto bilish mezoni bo‘lib xizmat qilishidan dalolat beradi. 
Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, «boshqalarni biluvchi –oqil, o‘zini 
biluvchi –donishmanddir». Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham 
juda mashhur. «Tangri saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. 
Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar tashla,sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr 
bilan hamohangdir. Islomda «Kimki o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, 
inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli, u dunyoni o‘zidan keyin va 
o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan 
tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – 
nisbiy borliq namoyon bo‘ladi. 
1
Ал-Фараби. Философия политики. –М.: 1989 г. с. 529.



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish