1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
7
cheksizdir. Kishilar borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi,
ularning o‘z turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va
qarashlari miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi.
Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik
ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining va o‘z
atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va hodisalarning esa
o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi haqida ma’lum
tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar va tushunchalar uning borliqni,
o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi o‘z o‘rnini qanday anglashini
ifodalaydi. Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong darajasidagi qarashlaridir. Bu
avvalo,inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi
natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir.
Dunyoqarash, insonning o‘ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini
ifodalaydigan muayyan ko‘nikmalari, bilimlari, malakalari hamda uning dunyoni amaliy va
nazariy o‘zlashtirishi hamdir.
Dunyoqarash tushunchasi
.
har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar,
hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar,
qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining
mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan
voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar,
tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok
etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual
dunyoqarash deyiladi.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir
ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga
xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va
shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning
dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi
jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib
boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan
murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy
dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.
Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining
dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish
funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos
oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida
asosan qadimgi davr kishilari uchun xarak
t
erlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi
davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va
rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy
shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining
ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar
o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning
tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi
predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning
paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari
bilan
olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va
shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga
xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni
bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-
Do'stlaringiz bilan baham: |