Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/643
Sana04.02.2022
Hajmi15,64 Mb.
#430761
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   643
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
20 
Daosizm falsafiy ta’limotiga ko‘ra dunyodagi hamma narsalar qarama-qarshiliklarning 
bir-biriga bog‘liqligi asosida, bir-biriga zid holda aylanib, o‘tib turadi. Tabiatdagi go‘zallik va 
xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘g‘lik, uzunlik va qisqalik bir-
biriga o‘tadi, bir-birini tug‘diradi, bir-biriga bog‘liq. Tabiatdagi barcha hodisalar qarama-
qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. «In» va «Yan» qarama-qarshi kuchlar va tabiatning «5 unsuri» 
haqidagi ta’limotni Szou Yan ishlab chiqadi.
Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlarida Konfutsiyning (Er.avval 551-479 yillar) axloqiy 
ta’limoti ham muhim o‘rin tutgan. U o‘zinig falsafiy qarashlarida kishilarni tarbiyalash 
masalasiga katta e’tibor qaratadi. Uning fikricha, odamlar o‘z tabiyatiga ko‘ra bir-biriga 
o‘xshashdirlar, faqat ular o‘z tarbiyalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar. 
Konfutsiy (xitoycha 
孔子
, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik 
asoschisi va siyosiy arbob bo‘lgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va 
Vetnam 
halqlarining 
o‘y-fikri 
va 
hayotiga 
chuqur 
ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Konfutsiy kambag‘allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug‘ilgan. 22 yoshida ta’lim 
berish bilan shug‘ullanib, Xitoyning eng mashhur o‘qituvchisi sifatida shuhrat qozongan. 
Konfutsiy o‘zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o‘qitilgan. 50 yoshida 
Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor bo‘lib xizmat qiladi. Fitnalar 
natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli o‘lkalariga boradi, biroq u 
joylarda o‘z g‘oyalarini qo‘llay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. 
Ta’lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“, 
„Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni to‘plash, tahrir qilish, tarqatish bilan shug‘ullanadi. Konfutsiy 
ta’limoti uning „Lun yuy“ („Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida 
Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. 
Konfutsiy o‘zi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn 
etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo‘lib qolgan. 
Konfutsiyning ta’limotida Li degan tushuncha alohida ahamiyatga ega. Bu tushuncha «Tartib», 
«Marom» degan ma’nolarni anglatadi. «Li» bo‘lmasa, jamiyatda tartib bo‘lmaydi, demak, 
jamiyat ravnaq topmaydi. SHuning uchun jamiyatda doimo tartib bo‘lishi zarur», – deydi u. 
Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar 
qat’iy subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning 
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi»
1
. Xullas, Qadimgi Xitoydagi 
falsafiy ta’limotlar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu erda ham materialistik va idealistik 
tendensiyadagi falsafiy oqimlarning guvohi bo‘lamiz. Masalan, ko‘pchilik qadimgi Xitoy 
faylasuflari tushuncha, predmetning nomi bilan reallikdagi predmetning o‘zaro munosabati 
to‘g‘risidagi muammoni hal qilishga qiziqqanlar. Mo Di (Mo-Szi), Syun-szi va boshqalar 
tushunchalar («nomlar») ob’ektiv hodisalar va narsalarning inson ongidagi in’ikoslari, desalar, 
Gunsun Lui tushunchalarni mutlaq mohiyat, deb qarab, ularni borliqdan uzib qo‘yadilar. 
Umuman, Konfutsiy va Myan-Szining axloqiy siyosiy nazariyalari, Xan Fey-szi va 
«qonunchilar» maktablari vakillarining davlat va huquq to‘g‘risidagi fikrlari haqida ham 
ma’lum mulohazalar aytish mumkin. Bular Qadimgi Xitoy falsafasining «oltin davri»ni tashkil 
qiladi.
1
Конфуций. Уроки мудрости. –М.: «ЭКСМО», 2005 г. с. 46.



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish