Dinning asosiy funksiyalari.
Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din
funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
• dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan
va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan,degan savollarga javob beradi;
• kommunikativ funksiyasi
muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta’minlaydi,
jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;
• tartibga solish funksiyasi
odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va
qoidalarni belgilaydi
;
• kompensatorlik funksiyasi
etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini
to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning
kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |