4.«Portfolio-kollektor».
Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat
bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar,
elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi
mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
5.«Jarayon portfoliosi»
talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy,
axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil
qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha
bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni
rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich,
taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |