Seminar mashg`ulotining ta`lim texnologiyasi
Mavzu: Qobiliyat
1.1. Ta`lim berish texnologiyasining modeli
Mashg`ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 20 – 30 gacha
|
Mashg`ulot shakli
|
Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan seminar
|
Seminar mashg`ulot rejasi
|
1.Qobiliyat haqida tushuncha
2.Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi
3.Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
4.Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi, qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
|
O’quv mashg`ulotining maqsadi: shaxsning individual psixologik xususiyatlari, qobiliyat bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash; qobiliyat, qobiliyatlarning tarkibi, tuzilishi, talant, iste`dod tushunchalarining mohiyati mazmuni haqida o’qib-o’rganish orqali talabalarda milliy g`ururni tarbiyalash; seminarda talabalarning faolligini ta`minlash.
|
Pedagogik vazifalar:
1.SHaxsning individual psixologik xususiyatlari, qobiliyat tushunchalarining mohiyatiga doir fikrlarini tahlil qilish hamda konspektlashtirish
2.Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi, qobiliyatlarning tasnifi va tarkibi borasidagi fikrlarini borasidagi g`oyalarni izohlash
3.Qobiliyatlarning tabiiy asoslari, layoqat, fiziologik rivojlanish xususiyatlariga doir qarashlarning mazmun mohiyatini ochib berish
4.Talantning paydo bo’lishi va rivojlanish xususiyatlari, qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalarga doir qarashlarni tahlil qilish hamda inson shaxsining kamoloti bilan bog`lash.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1.SHaxsning individual psixologik xususiyatlari, qobiliyat tushunchalarining mohiyatiga doir fikrlarini tahlil qilishga hamda bilim, ko’nikma, va malakalarga ega ega bo’ladi.
2.Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi, qobiliyatlarning tasnifi va tarkibi borasidagi g`oyalarni izohlash malakasiga ega bo’ladi.
3.Qobiliyatlarning tabiiy asoslari, layoqat, fiziologik rivojlanish xususiyatlariga doir bilim, ko’nikma, malakalar tarkib toptirildi.
4.Talantning paydo bo’lishi va rivojlanish xususiyatlari, qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalarga doir qarashlarni tahlil qilish hamda inson shaxsining kamoloti bilan bog`lash. alakalari shakllantirildi.
|
Ta`lim berish usullari
|
“3x4 texnologiyasi”, “Muammo” texnologiyasi, “Tushunchalar tahlili texnologiyasi”, “FSMU” uslubi
|
Ta`lim berish shakllari
|
Kompyuter texnologiyasi (“Umumiy psixologiya” fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua), slaydlar
|
Ta`lim berish vositalari
|
Jamoa bo’lib ishlash
|
Ta`lim berish sharoiti
|
Texnik ta`minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Og`zaki nazorat: savol-javob
|
Do'stlaringiz bilan baham: |