Семинар машғулот топшириқлар


Мавзуга оид жадвални тўлдиринг!



Download 1,15 Mb.
bet60/67
Sana22.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#505631
TuriСеминар
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Bog'liq
BOBUR UZB TARIX

2. Мавзуга оид жадвални тўлдиринг!

Россия империясининг Туркистон ўлкасидаги аграр соҳадаги сиёсати ва қишлоқ хўжалигини ривожлантиришдаги чора тадбирлар санаб ўтинг?

Амалга оширилган ишлар ва унинг натижаларини ёритинг!

1
O`rta Osiyoda agrar siyosati borasida muayyan, aniq ishlab chiqilgan siyosati bo`lmagan. Ba'zida yerdan foydalanishdagi mayda o`zgarishlar, yerga oid ikkinchi darajali munosabatlar to`g`risida nizomlar, farmonlar paydo bo`lib qolar, ammo 1886-yilga qadar aniq rejali ishlar amalga oshirilmagan edi.
Mustamlaka hukumati Turkiston o`lkasida agrar islohot o`tkazish borasida shoshilinch choralar ko`ra boshladi. Sharqda agrar masala asosiy masala bo`lib, u faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy emas, balki siyosiy masala ham edi. Yerning kimga tegishli ekanligi, mulkdorlik shakllari davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilab berardi.



2
1886-yilgi "Nizom"da Turkiston o`lkasining yer tuzilishi" degan maxsus bo`limi bo`lib, o`lkadagi yer xo`jalik munosabatlarni tamomila o`zgartirib yubordi. 255-moddaga ko`ra, Turkiston o`lkasi yerlari, o`rmonlar va yer osti qazilmalari ham davlat mulki deb e'lon qilindi, demak, ular Rossiya mulkiga aylandi. Bulardan foydalanish esa imperiyaning umumiy qonunlari bilan belgilab qo`yildi. Shunday qilib, bitta farmoyish bilan mahalliy aholi o`z yeriga nisbatan o`zining azaliy tarixiy huquqlaridan mahrum bo`lib qoldi.



3

Bu "Nizom" o`rta Osiyoning ko`chmanchi aholisi yashaydigan tumanlarida ko`chkindichilik zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan edi.


Nizomning mulk va vaqf yerlariga taalluqli moddalari Rossiya davlatining` zamindor zodagonlari hamda Rossiya hokimiyatining Turkiston o`lkasidagi asosiy siyosiy raqibi bo`lmish oliy va o`rta tabaqa ruhoniylarni butunlay yo`qotish niyatini ifoda etar edi. Yirik yer egaligi bekor qilindi. Yangi yer mulkdorlari yerdan foydalanganlik uchun oldingi to`lov o`rnida davlat xazinasiga umumiy davlat solig`ini to`lashlari lozim edi. Yirik zamindorlar asosiy daromad manbaidan — o`nlab asrlar davomida egalik qilib kelgan yerlardan mahrum etildi. Yirik zamindorlar yo halok bo`lishga yoki yangi hokimiyatga xizmat va xushomad qilishga majbur edi.



4Xuddi shunday zarba ruhoniylarga ham berildi. Vaqf yerlari ularda yashab turgan kishilarga tegdi. Bu esa amalda diniy muassasalar bu yerlarni tasarruf etolmay qolishini anglatar edi. Ruhoniylar endi soliqlarning atigi bir qismini olishar, qolgani esa davlat xazinasiga borib tushardi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilar edi. Xususiy vaqfni tashkil etgan yerlar, ya'ni masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo`lgan yerlar, xuddi amlok yerlari singari davlat solig`iga tortiladigan bo`ldi.
Musulmon huquqining ko`p asrlik ustunlarini barbod etgan hamda vaqf munosabatlaridagi odatlar va an'analarni tugatib tashlagan yana bir modda bor edi. Unda aytilishicha, vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlari to`g`ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga, ya'ni podsho hokimiyatiga o`tkazilgan edi.

5
Vaqf mulkidan olingan daromadlar masjid binosini ta'mirlashga, maktablar, madrasalar va masjid ruhoniylarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, masjidda ibodatbop vaziyatni saqlashga, gilamlar va joynamozlar, diniy kitoblar xarid qilishga, ilohiyotshunos olimlarni taklif etishga va boshqa ko`plab tadbirlarga sarflanar edi. Vaqfni tasarruf etish huquqi rossiyalik viloyat boshlig`iga o`tishi oqibatida masjidlar va maktablar binolari ta'mirlanmay, yaroqsiz holga kelib qoldi. o`rta Osiyo shaharlarining ko`rki, arxitektura iftixori hisoblangan qator islomiy imoratlar nochor ahvolga tushib qoldi.




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish