Семинар Хулқи оғишишнинг кўринишлари


Хулқи оғишганликнинг сабаблари



Download 50,5 Kb.
bet2/3
Sana15.01.2021
Hajmi50,5 Kb.
#55692
TuriСеминар
1   2   3
Bog'liq
Семинар 1

Хулқи оғишганликнинг сабаблари.
Bolada, shaxsda xulqi og`ishganlikni keltirib chiqaruvchi omillarni umumlshtirgan holda uch guruhga ajratish mumkin:

• Biologik omillar – bu asosan shaxsning nerv sistemasi, irsiyati, nasliy kasalliklari bilan bog`liq omildir.

• Ijtimoiy omillar – bu bola yoki shaxsning ijtimoiy maqomi, rolli, shaxslararo munosabatlardagi o’rni bilan belgilanadigan sabab hisoblanadi.

• Psixologik omillar – bu shaxsning temperamenti, ruhiyati bilan uzviy bog`liq mezon sanaladi.

V.Frankl fikricha odamlardagi fundamyental motivatsiya kuchi mazmunga intilish hisoblanadi. Mazmunga intilish frustratsiyalanganda ekzistentsional frustratsiya holati tug’iladi. Ekzistentsional frustratsiya va ekzistentsional vakuum alohida “noogen nevrozlar”ning bevosita sabablaridir. V.Frankl noogen nevrozni “ruhiy muammo, ma’naviy yoki etik nizolar orqali chaqiriluvchi” omil sifatida ta’riflaydi. Suitsidal axloq ham 85% ko’rsatkich bilan shu omilning oqibatlaridandir.

K.Rodjersning qarashlarida asosiy o’rinni o’zlik va o’z-o’zini dolzarblashtirish muammosi egallaydi. Anomal shaxsda o’z-o’zini dolzarblashtirish jarayoni blokirovka qilingan bo’ladi. K.Rodjersning fikricha, asosiy to’siq shartli qadriyatlar dyeb nomlanuvchi tizimda ildiz otgan. Shartli qadriyatlar oilada shaklanada va bola ruhiyatiga singib boradi. Shunday ekan, boladagi shartli qadriyatlar tizimining buzilishida oilaviy muhitning roli katta bo’lganidek, deviant xulqni kelib chiqishida ham oilaning o’rni ahamiyatga egadir.


A.Maslou ehtiyojlar ierarhiyasini yaratib shaxs xulq-atvoridagi og’ishishlar sababi sifatda ham ulrning rolini izohlab byeradi.
E.Fromm fikricha, inson o’zi va tabiat bilan uyg’unlashuvga intilib, odam ekzistentsional qarama-qarshilikni yengishga majbur. E.Fromm avtoritar xarakterning birinchi mexanizmini belgilaydi. Avtoritar shaxs o’z Menidan, ozodlik va avtonomlikdan voz kechadi, uning oxirgi ko’rinishi sadomazaxistlik kompleksi hisoblanadi. Qochishning ikkinchi mexanizmi – inson individuallikni yo’qotib ijtimoiy shablonni taqdim etuvchi shaxs turini to’liq o’zlashtiruvchi avtomatlashtirilgan komformizmdir. Uchinchi yo’l – destruktivlik – uni parchalash orqali olamdan begonalashish bilan bog’lash mumkin.

Xullas, ekzistentsial-gumanistik psixologiya inson shaxsining ruhiy mavjudligi va o’z-o’zini dolzarblashtirishi kabi oliy ko’rinishlarga urg’u beradi. Shuning uchun og’ishgan axloqni shaxsning ekzistentsial muammolari va uning ruhiy rivojlanishining buzilishi ifatida ko’rib chiqish mumkin.


Оғишган ҳулқ” тушунчасини аниқлаш мезонлари.
Statistik mezon ifodalanish va qayot uchun xatar darajasi bo`yicha axloqning sifat-miqdoriy bahosi bilan uyqunlashadi. Masalan, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish aqlli chegaralarda ya’ni katta bo`lmagan doza va chastotada me'yoriy ko`rinish deb tan olinadi, biroq uni suiiste'mol qilish og`ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan odamning o`zi yoki atrofdagilar qayoti uchun to`g’ridan-to`g’ri xavf tug’diruvchi axloq uning chastotasi, ba'zan esa ifodalanganlik darajasidan qat'i nazar og`ishgan sifatida baholanadi, masalan, suitsid yoki jinoyat.

Ijtimoiy-me'yoriy mezon jamiyat hayotining turli sohalarida o`ta muhim ahamiyatga ega. Har bir odamning axloqi har kuni baholanadi va turli tuman ijtimoiy me'yorlar yordamida boshqariladi. Ijtimoiy-me'yoriy mezonlarga muvofiq axloqning ayni damda jamiyat talablariga mos tushishi me'yoriy deb anglanadi va ma'qullanadi. Og`ishgan xulq esa aksincha, asosiy jamoaviy ko`rsatmalar va qadriyatlarga ziddir.


Psixopatologik mezonlardan tibbiyotda foydalaniladi. Uni shaxsning og`ishgan xulqi va boshqa sohalarda qo`llashga qiziqtiradigan narsa mavjud. Ehtimol, bu deviant xulq tadqiqotlarining an'anaviy ravishda klinik sharoitlarda olib borilishi bilan bog’liqdir, myedikamentoz terapiya esa bunday hollarda keng tarqalgan edi. Psixopatologik mezon nuqtai nazaridan barcha axloqiy ko`rinishlarni ikkiga: “sog’lik – kasallik” ma'nosida me'yoriy va patologikka ajratish mumkin. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nizomida sog’lik “kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo`qligi sifatidagina emas, balki to`liq jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy farovonlik holati” sifatida ta'riflanadi.
Individual-psixologik mezon har bir shaxs, uning individualligining o`sib boruvchi barcha qadriyatlarini aks ettiradi. Ushbu mezonga muvofiq insonga zamonaviy talablar ijtimoiy farmoyishlarni bajarishga uning qobiliyatini cheklamaydi, biroq shaxsning o`z-o`zini anglashi va o`ziga xosligini ham ko`zda tutadi. Shu bilan bog’liq ravishda bizning zamonda shaxsning asos soluvchi sifatlari deb quyidagilarni aytish mumkin: tashqi olam va o`ziga nisbatan uning ichki pozitsiyasi, qaror qabul qilish

va tanlash layoqati, shuningdek, shaxsiy axloqiga mas'uliyati. Ijtimoiy borliqda o`z-o`zini aniqlash va shaxsiy potensialning o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi unda individual rivojlanishning yetakchi vazifasi deb tan olinadi.





Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish