Etika va estetika. Avvalo, insonning har bir xatti–harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Ayni paytda, bu ikki fanda ba’zan bir tushunchaning ikki xil ko‘rinishini uchratish mumkin. CHunonchi, estetikasidagi ulug‘vorlik tushunchasi, axloqshunoslikda qahramonlik tarzida tavsiflanadi. SHuningdek, estetikada ildizi axloqshunoslikka borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog‘liq xulqiy go‘zallik degan tushuncha ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |