Seminar 3. 11. 03. 2022
Mavzu: VI-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi
Case study
Muammo: Turk xoqonligi davri tarixshunosligi muammolari va Tabariy ma’lumotlari
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshi ma’lumotlar. Turk xoqonligi haqida, birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatli hisoblanadi. Epigrafik yodgorliklar, O‘rxun-Enasoy bitiklari, Xitoy manbalari, VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, Feofan, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turk xoqonligiga oid geografik, siyosiy, tili bo’yicha tadqiqotlar olib borildi. Biroq o‘rganilmagan ishlar hali tadqiqotchilar oldida turibdi.
Tabariyning Turk hoqonligi haqidagi hikoyasi qiziqarlidir. O‘rta Osiyodan ancha olisdagi Oltoy o‘lkasida juda katta Turk hoqonligi davlati tarkib topdi (551-744 yillar). Bu davlat hududlari Qora dengiz bo‘yigacha, O‘rta Osiyo va Xitoyni ham o‘z ichiga olar edi. O‘sha zamonda Eron va Rum (Vizantiya) eng yirik davlatlar bo‘lishiga qaramay, Turk xoqonligi oldida ta`zim qilib turar edilar. Tabariy yozishicha, turklarning eng kuchli, jasur va qudratli xoqoni Sinnabu Yabg‘u bo‘lib, uning qo‘shini ham juda ko‘p edi. U juda ko‘p lashkari bo‘lgan eftaliylar bilan urushib, ularning podshosi Varzuni o‘ldirdi. U Varzuning barcha qo‘shinini, ularning boyligini va mamlakatini qo‘lga kiritdi. Eftaliylar yurtining ilgari Xusrav I tomonidan zabt etilgan qismi bundan mustasno hisoblanadi. Turk xoqonligining O‘rta Osiyoni qo‘lga kiritish niyati oshkor bo‘lgach, eftaliylar o‘zlarining turklar va sosoniylar eroniday ikki o‘t orasida qolganligini angladilar. Eron Xusrav I Anushirvon zamonida (531-579) yiriklashib, kuchli davlatga aylangan va shuning uchun eftaliylarga xiroj to‘lamay qo‘ygan edi. O‘rta Osiyo eftaliylariga qarshi ikkala qo‘shnisi kim oldin hujum qilishga shaylanib turishardi. Chamasi, eftaliylar ikkala davlatga qarshi jang qilishgan. Tabariy asarida shu kabi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Bugungi kunda Turk xoqonligi manbalarining tadqiqi etilishiga qaramasdan, bir qancha ishlar shu jumladan etnosiyosiy jarayonlar ochib berilmagan va yechimini topmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |