Selungur makoni - Farg‘ona vodiysi hududida ashel davriga oid eng noyob makon. Selungur g‘ori Farg'ona shahridan janubiy— g ‘arbda Haydarkonning g‘arbiy chekkasida joylashgan. Selengur g‘ori dastlab 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan va u erdan bir necha tosh uchrindilar topilib, ularning yoshi so‘nggi paleolit davriga oid deb belgilandi. 1980 - 1988 yillarda arxeolog OMslomov boshchil igidagi 0 ‘zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirdi. Tadqiqotlar davomida 7 metr chuqurlikda o'rtacha qalinligi 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qoM cho‘qmori, to‘mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko'plab tishli qurollar, qush tumshug‘iga o‘xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel davriga mansub qo‘l cho‘qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir. U nayzasimon shaklga ega boMib, qizil yashma toshdan tayyorlangan. Makonning eng muhim topilmalari boMgan odam suyaklari 3- va 2- qatlamlardan topilgan. U erdan odamning elka suyagining bir boMagi, bosh suyagi engak qismining bir boMagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel davrida yashagan arxantroplar deb topdilar. Selengur odamining yashash davri va uning tuzilishi to‘g‘risida munozaralar hali tugagan emas. Bu erda topilgan tishlar 4ta shaxsga mansubligi aniqlangan. Shulardan biri pastki tish bo‘lib, 40 yoshlardagi ayolniki degan fikrga kelingan. Selungur odami o‘ziga xos tuzilishga ega. U arxantroplar va poleantroplar o‘rtasida oraliq masofani egallaydi. Unda arxaik tuzilishning saqlanishi olimlar fikricha, dag‘al o'simliklar bilan oziqlanganligidir. Antropolog A.Zubov fikricha esa, u arxantroplarning maxalliy turidir. Olimlar uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish uchun unga Ferganatrop deb nom berdilar. Mazkur odam olovdan foydalangan, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan. Ferganatropning topilishi 0 ‘rta Osiyoning ilk paleolit davrida o'zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Selungur makonining yoshini aniqlashda ham ilgari olimlar uni bundan 800-ming yillar oldin yashagan degan umumiy xulosani bergan edilar. Lekin keyingi davrlarda arxeologlar K.Kraxmal va OMslomovlarning olib borgan tadqiqotlari va bu ishga ko‘pgina soha mutaxassislarini jalb qilinishi natijasida makonning yoshini 1,2 mln. yil deb belgilandi.
KoMbuIoq makoni. Angren shahridan 10-12 km g‘arbda joylashgan Oblik qishlogMdan 5 km shimoliy-g‘arbdagi qirlikda joylashgan. KoMbuIoq manzilgohi ko‘p qatlamli boMib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davriga oid qatlamlari boMib, u yerdan bugungi kunda 49 madaniy qatlam topilgan. Bu makon 1963 yilda dastlab aniqlangan. Hozirgacha uning 19 m chuqurlikkacha boMgan joyida tadqiqot o‘tkazilib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oid asholar topib o'rganildi. Ilk paleolit davriga oid qatlamidan qoM cho‘qmorlari, ishlanish texnikasi o‘ziga xos boMgan sodda tosh qirgMchlari topilgan. Shuningdek, bu erdan kul, ko‘mir qoldiqlari va har xil hayvon suyaklari topilgan. KoMbyloqda istiqomat qilgan odamlar ovchilik, termachilik bilan hayot kechirganlar. Mustaqillik yillarda ilk paleolit davrini o‘rganishda ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunda arxeolog olimlar 0 ‘. Islomov, K.Kraxmalning xizmatlari kattadir. Ko‘lbuloq makonining 4— 8 qatlamlarigina muste davriga oiddir. Madaniy qatlamlardan 8300 dan ortiq tosh qurollari: har xil shakldagi nukleuslar, siniq uchrindilar, qirg'ichlar, qo‘1 cho‘qmorlari va boshqalar topilgan. KoMbuloqdan topilgan mehnat qurollari son va sifat jihatdan Toshkent vohasi-ning boshqa joylaridan topilgan makonlardagi mehnat qurollardan farq qiladi. Faqat tishli qirg‘ichlar Bo‘zsuvdagi muste davri qurol-lariga o‘xshash hisoblanadi. KoMbuloq madaniy qatlamlaridan tog‘ echkisi, ayiq, arhar va boshqa hayvonlaming suyak parchalari, kul va gulxan qoldiqlari topilganKoMbuioq makoni - qadimgi tosh davriga oid ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning yuqori 1,2,3 qatlamlaridan so‘nggi paleolit davriga oid materiallar topilgan. U erdan gulxan, ko'mir qoldiqlari, tosh buyumlardan - nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Makondan eng ko‘p miqdorda nukleuslar topilgan, chunki ibtidoiy odamlar nukleuslami ajratib olishning yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalami tosh bolg‘a bilan emas, balki tosh pona bilan ajratib olganlar. Bu bilan ular xohlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega bo'lganlar. QoMbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi jihatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘g‘iz makonlaridan topilgan so‘nggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Arxeolog M.R.Qosimovning ta’kidlashicha, Toshkent vohasida ilmiy ahamiyati jihatidan KoMbuloqqa teng keladigan yodgorlik topilganicha yo‘q. 2001-2002 yillar mobaynida Ko‘lbuloq makonida qayta tadqiqot ishlari olib borildi va so‘ngi paleolit dariga oid retushlangan mehnat qurollari, turli shakllardagi nukleuslar topildi.
Obirahmat g‘or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli— sharqda, G‘arbiy Tyan— Shanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G‘or yoysimon shaklda boMib, eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug*. G‘or-makon 1966-1972 yillarda R.X.Sulaymonov tomonidan o‘rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid. Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli mehnat qurollari- nukleuslar, paraqalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika asosida ishlangan. G'ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar ham topilgan. Shuningdek, gulxan izlari, kul, ko‘mir, bug‘u, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, jayron, g‘or sheri, arhar va boshqa hayvonlaming suyaklari ham topilgan. Bu erda odamlar 120—40 ming yil muqaddam istiqomat qilganligi aniqlangan. Ular ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmat makonini qayta o‘rganish natijasida u erdan so‘nggi paleolit davri mehnat qurolarini va 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam suyaklari (6 ta tish va kalla suyagining bo'laklari ) topildi. Mazkur topilma bo‘yicha 2004 yilda halqaro simpozium o‘tkazildi. Unda Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) odamidagi xususiyatlar omuxtalashganligi va uning olamshumul ahamiyati qayd etildi. Obiraxmat makonidagi mehnat qurollari o‘rta paleolitdan so'nggi paleolitga o ‘tish davriga mansubdir. Bunday xususiyatga xos makonlar Evropa, Yaqin Sharq, Oltoy yodgorliklaridan ham topilgan. Tadqiqotlar natijasida olimlar, Obiraxmat odamlarining o‘rta paleolitdan uzoq tadrijiy rivojlanish orqali yuqori paleolit davriga o‘tishgan degan xulosaga kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |