PYEZOELEKTRIKLAR
Ba’zi kristall dielektriklar mexanik deformatsiyalanganda ularning qutblanishi kuzatiladi. Masalan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastinka siqilganda uning qarama-qarshi sirtlarida turli ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi va plastinka ichida elektr maydon vujudga keladi. Plastinka cho‘zilganda esa uning qutblanishi va maydonning yo‘nalishi qarama-qarshisiga o‘zgaradi Bu hodisa pyezoelektrik effekt yoki qisqa- cha pyezoeffekt deb ataladi. Bunday effekt kuzatiladigan kristall dielektriklar pyezoelektriklar deyiladi. Kvars, turma- lin, segnet tuzi, bariy metatitanati va boshqalar pyezoelektrik- lar qatoriga kiradi.
Pyezoelektrik qutblanishning kattaligi deformatsiyaga pro- porsional, demak, elastiklik chegaralarida mexanik kuchlanishga ham bog‘liq bo‘ladi.
Pyezoelektrik effektni quyidagicha tushuntirish mumkin. Har qanday kristall panjarasini turli atomlar yoki atomlarning guruhlari tomonidan tuzilgan va bir-birining ichiga kiritilgan oddiy panjara- lardan iborat deyish mumkin. Agar kristall simmetriya markaziga ega bo‘lmasa, deformatsiya ta’sirida oddiy panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi va bunday siljish natijasida kristallda elektr momenti paydo bo‘ladi.
Pyezoelektriklarda kuzatiladigan bu effekt to‘g‘ri pyezo- effekt deyiladi. Bundan tashqari, teskari pyezoeffekt ham kuzatiladi. Uning fizik mohiyati shundan iboratki, bunda kristall tashqi elektr maydoniga kiritilganda mexanik deformatsiyalanadi, o‘lchamlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi. Yuqorida aytib o‘tganimiz-dek, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastin-kani tashqi elektr maydonga kiritilganda siqilgan (yupqalashgan) bo‘lsa, maydon yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgar-ganda plastinka cho‘ziladi (qalinlashadi).
Agar tashqi elektr maydon o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda krisstall plastinkaning siqilishi va cho‘zilishi maydon o‘zgarishiga mos ravishda navbatma-navbat sodir bo‘ladi, kris- tallda mexanik tebranishlar uyg‘otiladi. Kvars, segnet tuzi, bariy meta- titanati kabi kristallarning pyezo- elektrik xossalaridan texnikada keng foydalaniladi. Masalan, bu dielek- triklar elektroakustik asboblarda ishla- tiladi. Elektroakustik asboblar to‘g‘ri pyezoeffekt asosida mexanik (tovush va ultratovush) tebranishlarni elektr tebranishlarga o‘zgartirib bersa, tes- kari pyezoeffekt asosida esa elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga o‘zgartirib beradi. Bundan tashqari, pyezoelektriklardan elektr tebranishlar generatorlarining chastotalarini stabillashtirishda, tez o‘zgaruvchan bosimlarni o‘lchashda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |