See discussions, stats, and author profiles for this publication at


BUXORO FOLKLOR MEROSIDAN TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195
BUXORO FOLKLOR MEROSIDAN TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI 
FOYDALANISH 
Kiyamova M. - Buxoro davlat universiteti, magistranti
Bugungi kunga qadar turizm sohasida o'zbek folklori hamda Buxoro folklori bilan bog'liq 
tadqiqotlar olib borilmagan bo'lib folklorning turizmdagi ahamiyatini o'rganish, shuningdek Buxoro 
folklor meroslaridan turizmni rivojlantirishda samarali foydalanish va innovatsion yo'llar orqali 
sohada bu nomoddiy merosni qo'llash, hudud turizm sohasi jozibadorligini oshirish orqali turizm 
xizmatlari assortimentini oshirish mumkin. 
Xalq og’zaki ijodi – mehnatkash omma ijodi, xalq san’aining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, 
o’yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki 
so’z san’ati ekanligi, bu san’at jozibasini turizm sohasida ko’rsatish yo’nalishlarini 
modernizatsiyalashga oid tavsiya va takliflar yoritilgan. 
Shuningdek, bugungi kunni informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyinligi sabab turizm 
sohasining ham zamon bilan hamnafas bo’lishi maqsadida magistrlik yo’nalishimizdagi fandan kelib 
chiqib ilmiy tadqiqot ishimiz mavzusini turizmda geoaxborot mavzusi bilan bog’ladik. Hozirda 
rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi ko’plab ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot, turizm, siyosat, 
ekologiya, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa 
sohalarda qo’llanilib kelinmoqda. 
Turizm iqtisodiyotning keng qamrovli tarmoqlaridan biri hisoblanib, davlatni iqtisodiyotini 
ko’taruvchi, urf-odatlari va qadriyatlarini turistlar orqali dunyo bo’ylab tarqatuvchi soha sifatida 
namoyon bo’lmoqda. Bu yo’nalishda O’zbekiston ham o’zining qadimiy qadamjolari, pirlari, milliy 
urf-odatlari, qadriyatlarini, milliy xalq ijodiyotini namoyon etish orqali jahon turizm bozorida o’z 
ulushini oshirib kelmoqda.
1
http://agroturizm.uz/ru/ 


80 
Hozirgi paytda o‘zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega bo‘lgan 
mintaqalar uchun hududning tabiiy va tarixiy-madaniy yodgorliklarini, turizmga xizmat ko‘rsatuvchi 
korxonalarni va turizm yo‘nalishlarini hisobga olish, turistlar oqimini tahlil qilish, hududning 
rivojlashini rejalashtirish va boshqa vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi amaliy 
geoaxborot tizimini shakllantirish zarur bo‘lmoqda. Shunday ekan, bu sohani turizmda qo’llay olish 
bilimini o’zlashtirish bizning oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biri bo’lib hioblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 222-sonli “2010 - 2020 yillarda nomoddiy 
madaniy meros obyeklarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish davlat 
dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori [1] qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra davlat dasturi ishlab 
chiqilgan va nomoddiy madaniy meroslar masalasi davlat siyosati darajasida ko’tarilgan
hisoblanadi. Davlat dasturida nomoddiy meroslar ro’yxatiga folklor ham kiritilgan bo’lib, uning 
turizmdagi ahamiyatini ko’rib chiqamiz. 
Dasturning maqsadi yosh avlod ongida ajdodlarimizdan meros qolgan, hozirgi kungacha yetib 
kelmagan yoki unutilgan madaniy merosimizni qayta tiklash va ularga bo’lgan hurmatni uyg’otish 
asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu sa’y-harakatlar nafaqat mahalliy aholi orasida madaniyatni targ’ib 
qiladi, balki xorijlik sayyohlar oqimini oshishiga ham sababchi bo’ladi.
Shuningdek, 2016 yil 2 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4861-sonli 
“O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi farmoni mamlakatimiz turizm industriyasida tub burilish yasagan asosiy hujjatlardan 
biri bo’ldi. Shu asosda mamlakatimiz sayyohlik sanoatida qator islohotlar amalga oshirilishi 
boshlandi. [2] Jumladan, “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini 
jadal rivojlantirish” dasturida turizm infratuzilmalarini qurish, turistlarning kechki bo’sh vaqtini 
mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratish yo’nalishlarida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish 
uchun bir necha tadbirlar ko’zda tutilib, Buxoroning tarixiy qismida,“Shahriston” bozori hududida o’z 
ichiga an’anaviy hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat ikki qavatli uylar, milliy suvenir 
mahsulotlari, zardo’zlik mahsulotlari, chop etilgan mahsulotlar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va 
boshqa turistlar uchun qiziqarli mahsulotlar sotiladigan do’konlar, ikki qavatli hunarmandlar dahasini 
va yopiq bozorini qurish maqsad qilib belgilab olindi.
O’zbekistonda turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ular har birining o’ziga xos turmush tarzi, 
milliy an’analari, qadriyatlari shu jumladan, hunarmandchiligi bilan farqlanadi.
Ovqatlanish madaniyatini misol sifatida keltiradigan bo’lsak, mehmonlarni kutib olish, kattalar va 
kichiklarning o’tirishi, choy quyib berish tartibi, taom pishirish jarayoni, turlari, uni tortiq qilish 
madaniyati, dasturxon ustida duo o’qilishi, dasturxon atrofida mehmonlarning milliy liboslarda 
o’tirishi sayyohlar orasida alohida qiziqish uyg’otadi.
Bundan tashqari, o’zining qadimiy, milliy va qadrli bo’lgan marosimi sifatida to’ylar o’tkaziladi. 
Ayniqsa, bu marosimlar fasllarga bog’liq hisoblanadi, ya’ni qishki mavsumda o’tkaziladigan 
ziyofatlar, bahorgi tantanali marosimlar, Navro’z, “Buxoro shahri kuni” festivali, Qovun sayli, 
Mehrjon, “O’zbek shoyisi – jahon nazdida” nomli moda namoyishlari, “Buxoro hunarmandlari”, 
“Sharq taomlari”, “Nasriddin Afandi”, “Ipak va ziravorlar” kabi festivallar yuqorida keltirilgan 
islohotlarning amaliy yechimi sifatida namoyon bo’ladi. Bunga o’xshash ko’plab tadbirlar boy o’zbek 
xalqimiz hozirgi kunda o’z milliyligini jahonga ko’rsatishni yangicha yo’nalishi sifatida turistlarda 
qo’llash orqali amalga oshirilmoqda.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish