See discussions, stats, and author profiles for this publication at


O`ZBEKISTONDA TURIZMNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
O`ZBEKISTONDA TURIZMNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY 
DAVLATLARNING ERKIN TURISTIK IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL QILISH 
TAJRIBASINI O’RGANISH 
Asadova Aziza Olimjonovna 
International university of tourism “Silk road”, Science and Technology 
department programs(project office), Specialist 
E-mail: 
aziza_asadova@mail.ru
  
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada erkin turistik iqtisodiy zonalarning tavsifi, tashkil etilish 
maqsadlari, Xitoy va Rossiyadagi holati, ularning tahlili, mavjud muammolar va imkoniyatlar keltirib 
o`tilgan. Jumladan, O`zbekistonda mavjud imkoniyatlar, turistik resurslar salohiyati, mavjud 


183 
kamchiliklar va ularni bartaraf etishda qo`llanilishi lozim bo`lgan xorijiy tajribalar to`g`risida 
maslahatlar berilgan.  
Kalit so`zlar: erkin iqtisodiy zonalar, erkin turistik zonalar, imkoniyatlar, Xitoy va Rossiya tajribalari
Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ulardan foydalanish butunjahonda 
hududlarni rivojlantirishning an’anaviy usullaridan biriga aylangan bo’lib, jahonda 4 mingdan ortiq 
erkin iqtisodiy zonalar mavjud. Dastlabki erkin iqtisodiy zona 1595-yili Italiyaning Genuya porti 
hisoblanadi (V.A.Shumayev, n.d). Undan keyin yana ko`plab muhim sanoat zonalariga “Erkin 
iqtisodiy zona” yoki “Asosiy iqtisodiy zona” maqomi berish davom ettirildi. Erkin iqtisodiy zonalar 
XX asrning 70-yillaridan boshlab dunyo iqtisodiyotida muhim o`rin egalladi va rasman tan olindi. 
XXI asrda turizmning jadallik bilan rivojlanishi erkin iqtisodiy zonalar kabi erkin turistik iqtisodiy 
zonalarni shakllantirish kerakligini ko`rsatdi. 
Erkin iqtisodiy zona - bu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy 
investitsiyalarni, ilg'or texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb qilish maqsadida yaratilgan, aniq 
belgilangan ma'muriy chegaralar va maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan maxsus ajratilgan maydon 
hisoblanadi.
Erkin turistik iqtisodiy zona deganda muayyan chegaralarga ega bo’lgan, bir yoki bir necha 
turistik resurslar (tabiiy, tarixiy. Ijtimoiy-madaniy, davolash, sog’lomlashtirish obyektlari, 
shuningdek, turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar) 
joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni 
muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud tushuniladi.
Erkin turistik iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etish iqtisodiyotda mavjud asosiy 
muammolarni yechish imkoniyatlarni beradi. Masalan: 
1.Yirik va kichik hududlarni birdan, birlashtirib boshqarish; 
2.Mavjud ishchi mehnat kuchidan samarali foydalanish; 
3.Yanada ko`proq yangi ish o`rinlarini yaratish;
4. Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish; 
5.Joylarda zamonaviy texnika-texnologiyalarni kirib borishini ta`minlash; 
6.Aholiga arzon tovar va xizmatlarni taqdim etish; 
7.Hududlar salohiyatidan to`laqonli foydalanish; 
8.Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlardan foydalanishni to`laqonli nazorat qilish; 
9.Raqamli iqtisodiyotga o`tish siyosatini yuritish; 
10.Bank sohasini isloh qilish va pul muomalasini tartibga solish; 
11.Turizmga yondosh boshqa soha va tarmoqlarni takomillashtirish; 
12.Hududlarni o`zini-o`zi ta`minlay olishini tashkil etish va boshqalar.
Erkin turistik iqtisodiy hududlarda barcha turizm faoliyati subyektlari O`zbekiston Respublikasi 
qonunlarida ta`qiqlanmagan barcha faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari mumkin bo`ladi. Erkin 
turistik iqtisodiy hududlarda xo'jalik faoliyatini olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada 
ro'yhatdan o'tkaziladi. Direksiya ro'yxatdan o'tgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin turistik zonada 
ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi va bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda tegishli davlat organlariga xabar beriladi.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish