ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 483
Olqishlarga toʻla OAV –
imidjni yaxshilamaydi
Hozirgacha oʻylaymizki, har qanday maʼlumotlarni beraverish, jahon
hamjamiyati oʻrtasida mamlakat obroʻsini toʻkadi. Aslida teskarisi, oldin 70 yil, keyin
27 yil matbuot faqat olqi
shlar bilan toʻlgan edi. Biroq mamlakatning obroʻyi oshgani
yoʻq. Olqishlarga toʻla matbuot tuzumning riyokorligini koʻrsatadi. Buni jahonda juda
yaxshi bilishadi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishi, unga
taʼsir koʻrsatish va b
oshqarish kuchiga ega. OAV siyosatchilar imidji va davlat imidjiga
ham taʼsir koʻrsata oladi. Bugun Oʻzbekistonda elektron nashrlar oʻz imkoniyatlarini
kengaytirmoqda
–
bular yangi-yangi veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar
–
mamlakat bundan
oʻz ijobiy imidjini shakllantirishda yangi mexanizmlar sifatida
foydalanishi zarur.
Shuningdek, Oʻzbekistonning imidj salohiyati chet el matbuotida toʻlaqonli ochib
berilgani yoʻq va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar strategiyasini
belgilab olish kerak boʻladi.
Kino sanʼati va oʻzbeklar obrazi...
Mamlakat kino sanoati oʻzbekistonliklar haqidagi yaratayotgan obraz esa
maqtanadigan holda emas. Maishiy turmush darajasida oʻralashib qolgan, oilaviy ikir
-
chikirlardan boʻshamaydigan, butun
dardi toʻy qilish, uylanish va dabdaba bilan
maqtanish boʻlganlar obrazlari. Bu haqiqatdan yiroq qahramonlar. Bir paytlar zamon
qahramonini yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan edi, biroq uddalab
boʻlmadi, chamasi, bu ishga chek qoʻyil
di. Bilamizki, zamona qahramoni ham aslida,
millatning tipik obrazi, imidji sanaladi. Asosiy eʼtibor sanʼatga qaratilsa samarali
natijalar berishi mumkin. Sohaga davlat mablagʻ ajratyapti, lekin haligacha shuncha pul
sarflab, bunchalar zerikarli asarlar ya
ratishdan maqsad nimaligini tushunib boʻlmaydi.
Nazarimda, soha ustidan davlat nazoratini biroz yengillashtirish lozim. Ijodkorlarga
erkinlik berish va ularga ishonish kerak. Sanʼat kelajak uchun ishlasin.
Mehnat migrantlari...
Albatta, bugun mamlakatdan chetga ishlashga chiqib ketayotgan mehnat
migrantlari
haqida
har
doim
ham
iliq
gaplar
aytolmaymiz.
Sohaning
tashkillashtirilmagani, fuqarolarning tartibsiz ravishda chetga chiqib, ishlayotgani, ular
borayotgan mamlakatlarda har doim ham yaxshi gaplar olib kelmaydi. Mehnat
migrantlarining asosiy qismini mamlakatning ishsizlik yuqori boʻlgan chekka
qishloqlari ketayotganlar tashkil qiladi.Bu sohada davlat nazorat va tashabbusni qoʻlga
olishi, chetga ishlashga chiqishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirish kerak va bu
borada ilk qadamlar qoʻyilmoqda.Shu bilan birga chet elda mehnat migrantlarining
manfaatlari himoya qilinayotganini aholi sezayotgani yoʻq, migrantlarning asosiy qismi
ijtimoiy tarmoqlarda faolligini inobatga olib, mehnat migratsiyasi sohasida ish
yuritayotgan tashkilotlar oʻz faoliyatini ushbu tarmoqlarda keng targʻib etishi
kerak.Shuni ham qayd etish lozim, birinchi navbatda, millatning qaddini tiklab olish
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |