SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 958
ko'rona inkor etdik. Dindorlar ma'naviy taxqirlandi, ularning huquqlari cheklab qo'yildi,
bayramlar oyoqosti qilindi, tariximiz bir tomonlama va yuzaki o'rganildi.
Umuman olganda, jamiyat manfaatlari va istiqboliga mutlaqo zid keladigan bu
kabi holatlarga barham berish orqali metin bardoshli xalqimiz iroda ko’rsatib, istiqlol
deb atalmish ulug' nematga ega bo'ldi. XX asrning so’nggi choragida sobiq sovet
davlatining qulashi natijasida ayrim mamlakatlar bilan bir qatorda O'zbekiston
Respublikasi ham 1991-yilda o'z mustaqilligini elon qilib, Xalqaro hamjamiyatning
to'laqonli subyektiga aylandi. Har qanday millat, xalq o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi
bilan o‘zing yashashini va kelajagini ta’minlovchi asoslarini yaratishi ham lozim.
Bunday asoslar mustaqilikka erishgan mamlakatning iqtisodiyoti qay tarzda tashkil
etilganligi, xalqning qanday huquq va erkinliklarga ega bo‘lganligi, davlat hokimiyati
qo‘liga qanday vakolatlar berilganligi hamda xalqning qanday ma’naviy-madaniy
imkoniyatlari borligiga,ularning g‘oyaviy mazmuni qanday bunyodkor mafkuralar
tizimiga asoslanganligi bilan belgilanadi. Bularning barchasi xalqlarning mustaqil
hayot kechirish faoliyatlarining asoslari hisoblanadi.
1
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, mustaqilligimizni mustahkamlashga
qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan qonun bilan
tasdiqlangan davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik
tamoyillarga hamohang ravishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Shuningdek Birllashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi,
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti singari bir qator nufuzli
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo'lgan O'zbekiston xalqaro maydonda o’z
o'rni va obro'-etiboriga ega bo'ldi. Shonli o'tmishda xalqimizning qoralangan tarixini
qayta o'rganish va tadqiq etish, ulug' ajdodlarimiz yorqin xotirasini tiklash, ko'xna
shaharlarimiz, boy moddiy va madaniy meroslarimizni o'rganishda yangicha munosabat
paydo bo'ldi. Qadim tarxiga ega ko’xna shaharlarimizning yubileylari ham istiqlol
yillarida keng nishonlandi. Jumladan: 1997-yil 19-oktabr Buxora, 20-oktabrda Xiva
shahrining, 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilliklari, 25-avgustda
Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.
2
Mustaqillik tufayli ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi. Xalqimizning
milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib
bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga
xizmat qilmoqda, lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, milliy o'z o'zini anglash,
o'zbekchilik — millatchilik degan ma'noni bildirmaydi. Milliy uyg'onish, milliy g'urur,
milliy tuyg'uning tiklanishi — bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan
tabiiy qonuniy jarayondir.
1
J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.darslik.- Toshkent:2018.188-
bet.
2
Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, “ Ziyo” -2019-191-193 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |