1278
Shu maqsadda xotin-qizlar manfaatini ifodalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi. “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya
qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidan. Ayollarga koʻplab ijtimoiy imtiyozlar
joriy qilindi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli ayollarimiz bugungi kunda ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning, davlat va jamiyatda kechayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlarning
faol ishtirokchisiga aylandilar.
Shuningdek, bugungi kunga kelib O’zekiston ayollar huquqlarini himoya qiluvchi
bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda, jumladan, BMTning
Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda birinchi navbatda, qashshoqlikni
kamaytirish, odamlarning hayotini yaxshilash, jamiyatning barqaror rivojlanishida
ayollarning rolini oshirish, erkaklar va ayollar tengligini ta’minlashga qaratilgan
choralarni izchil amalga oshirmoqda. Mamlakatda ta’lim, gender tenglik, sog‘liqni
saqlash va boshqa masalalarga nisbatan jiddiy natijalarga erishildi. BMT doirasida
tuzilgan va gender tenglik va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
yetakchi muvofiqlashtiruvchi “BMT-ayollar” tashkiloti bilan faol hamkorlik qilib
kelmoqda.Bunga misol tariqasida 2020-yil 1-oktyabrda BMT ning Nyu-York shahridagi
qarorgohida Xotin-qizlar ahvoli bo’yicha IV Butunjahon anjumanining 25 yilligiga
bag’ishlangan yuori darajadagi uchrashuvida O’zbekistonda gender tengligi va xotin
qizlar imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan barqaror davlat siyosati va bu sohada
erishilgan yutuqlar ilk bora jahon hamjamiyatiga taqdim etildi.
NATIJA
O’zbekiston Respublikasida ayollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash,
ularning bandligini ta’minlash va sog’ligi mustahkamlash bo’yicha hayotga tadbiq
etilayotgan chora-tadbirlar xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham keng
yoritilmoqda. Bunga misol tariqasida Britaniyada nashr qilinadigan “Pulse UK”
gazetasi o’z sahifasida ushbu mavzuga bag’ishlangan maqolani chop etdi va unda
O’zbekistonda ayollarga eng faxrli o’rin berildi. Nashr 2014-yilda respublikaning
barcha hududlarida ayollar uchun 468 ming 175 ta yangi ish o’rinlari yaratilganini
e’tirof etdi.
2020-yil oxiriga kelib, O’zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda
xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi va
mamlakat parlamenti xotin-qizlar soni bo’yicha dunyodagi 190ta parlament orasida
37-o’ringa ko’tarildi. Olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida 2021-yilga kelib
O’zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35 foizini, fermerlarning 10 foizini
ayollar tashkil etdi.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
Do'stlaringiz bilan baham: |