Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Xodjiyeva M.S. 
Buxoro shahri 
AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 
 
Annotatsiya: Agroturizm – turizm industriyasining yo’nalishi bo’lib, tabiiy, 
tarixiy-madaniy va boshqa qishloq xo’jalik resurslaridan foydalanishga asoslangan, 
sayyohlik kompleksini yaratish uchun mo’ljallangan sohadir. Respublikamizning 
qariyb barcha hududlarida agrar turizmni amalga oshirish imkoni mavjud. Buning 
uchun zaminimizda hamma sharoitlar mavjud va ko’plab viloyatlarda shu soha 
bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. 
Аннотация: Агротуризм – это один из направлений туризма, 
ориентированный на использование природных, культурно-исторических и 
других ресурсов сельской местности, для создания туристского комплекса. 
Почти во всех регионах нашей республики есть шансы для развития 
агротуризма. Для этого есть все необходимые условия и многие регионы 
используются этим. 
Annotation: Agrotourism – is one of the directions of tourism, focused on use 
of natural, cultural and historical and other resources of rural areas, for creation of a 
tourist complex. Almost in all regions of our republic there are chances for 
development an agrotourism. For this purpose, there are all necessary conditions and 
many regions are used by it. 
Kalit so’zlar: ekoturizm, agroturizm, somon xirmoni, baliq ovi, mehmon, 
mehmondo’stlik. 
Ключевые слова: экотуризм, агротуризм, cеновал, рыбалка, посетитель, 
гостеприимство.
Key words: ecotourism, agrotourism, mow, fishing, visitor, hospitality. 
So’nggi yillarda jahon turizmida agroturizm sohasi jadal tarzda rivojlanib 
bormoqda. Agroturizm, qishloq turizmi, yashil turizm, qishloq xo’jaligi turizmi – 
bularning bari qishloq joylari (ovul, qishloq, fermer xo’jaligi, shaxsiy hudud) dagi 
olib boriladigan turizm turining sinonimidir. Ushbu joylarda shovqin-suronli 
shaharlardan kelgan sayyohlar aholining urf-odatlari, yashash tarzi bilan tanishishadi, 
qishloqdagi uylarda yashashadi hamda qishloq xo’jaligidagi ishlarda ishtirok etishadi. 
Bayram hamda festivallarni nishonlashda sayyohlar turli xildagi musobaqalarni 
tomosha qilishlari va ularda ishtirok etishlari mumkin.
Avvalo, uzoq tarixga ega bo’lgan, o’zida o’tmishning urf-odatlarini saqlab 
qolgan, aholisi ajdodlardan me’ros bo’lgan xalq folkloridan foydalanuvchi ovullar 
ko’plab sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Shu bilan birga, sayyohlar ekologik 
toza qishloq taomlarini ta’tib ko’rishlari, toza havodan bahramand bo’lishlari, 
qaysidir qishloq xo’jalik ishlarida ishtirok etishlari, organizmni jismoniy hamda 
psixologik tomondan tiklash imkoniga ega bo’lishadi. Boshqacha qilib aytganda, 
agroturizm turli faoliyatlarni o’rganish imkonini beradi. Bularga: ot minish, meva va 
sabzavotlar yig’im-terimida qatnashish, echki va sigir sog’ish, taomlar tayyorlash, 
hunarmandchilikning turli sohalarida ishtirok etish (tikish-bichish, to’qish, 


176 
kashtachilik, kulolchilik va h.k) kabilar kiradi. Sayyohlar hududlardagi urf-odatlarni 
o’rganish, ularning madaniyati va folklori (musiqiy namoyishlar, odatlar) bilan 
tanishishadi. 
Agroturizm Yevropa mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Sayyohlarni qishloq 
uylari va fermer xo’jaliklariga joylashtirishdan tashqari yana qayta ta’mirlangan 
qadimiy qasr, cherkov, tegirmonlarda yashashi uchun sharoit yaratiladi. Shu yo’l 
orqali sayyohlarda qadimiylik bilan yaqindan tanishish imkoni yuzaga keladi. Qolgan 
xizmat turlari – qishloq uylarida yashash, qishloq mahsulotlari bilan oziqlanish, 
o’simlik va mevalarni terish, uy hayvonlarini parvarishlash, o’tlarni o’rib, 
g’aramlash, baliq ovi, ko’ngilochar mashg’ulotlar va boshqa xizmat turlari yuqori 
darajada tashkillashtirilgan.
O’zbekistonning qariyb barcha hududlarida agrar turizmni amalga oshirish 
imkoni mavjud. Chunki respublikamizning katta qismi agrar hudud. Qulay ekologik 
va iqlim sharoiti, kerakli infrastruktura, misli ko’rilmagan etnografik madaniyat 
hamda an’anaviy mehmondo’stlik – bularning barchasi bizning davlatimizda mavjud 
va agroturizm uchun xizmat qilishi mumkin.
Turizm ushbu yo’nalishining rivojlanishi qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti 
rivojlanishi va mustahkamlanishiga asos bo’ladi, mehmondorchilik sanoatida yangi 
ish o’rinlari yaratiladi, qishloq aholisining shaharga ko’chib kelishi kamayadi, 
qishloq aholisining intellektual va madaniy salohiyati oshadi, ekologik toza ozuqa 
mahsulotini yetishtirish imkoniyati oshadi. Tabiiy resurslarning saqlanib qolishida 
agroturizm katta rol o’ynaydi. 
Agrar turizm ekologik turizm bilan juda o’xshash, ammo bu turizm turlari bir-
biridan farq qiladi. Bunday o’xshashlik yurtimizdagi turizm rivojlanishida katta hissa 
qo’shmoqda. Chet el sayyohlarini yurtimizdagi nimalar o’ziga bunchalik jalb qiladi?
Avvalo – O’zbekistonning o’ziga xos turistik brendlari, o’ziga xos tabiati, misli 
ko’rilmagan sharqona arxitektura, tut va teraklar bilan qurshab olingan rang-barang 
qishloqlar, somon va toshdan qurilgan ajoyib uylar, ot, tuyalar, mazzali sharq 
taomlari, mehmondo’stlik, daturxon, meva va sabzavotlar va boshqa ko’plab narsalar 
sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.[1]
O’zbekistoning barcha hududlarida agroturizmni rivojlantirishda turli 
usullardan foydalanilmoqda. Samarqand va Toshkent viloyati hududlarida 
uzumdorchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, sayyohlarga ushbu yetishtirilgan 
uzumlardan ta’tib ko’rish, o’sha uzumdan tayyorlangan vinoni ichib mazasiga baho 
berish imkoni yaratilgan.[2] Yana ba’zi hududlarda oqar suvlar, kanallar, ariqlar 
ustida katta tapchanlar o’rnatilib, shahardan keluvchi mehmonlar, turli yo’nalish 
haydovchilari, sayyor sayyohlarni jalb qilib, u yerda dam olish imkoni yaratiladi.[1] 
Tog’li hududlarda esa asosan ichki turizm hamda tibbiyot turizmi amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari hududlarda agroturizmning yana ko’plab turlarini amalga oshirish 
mumkin.
Yevropa mamlakatlarida shaharlik sayyohlar dam olish maqsadida tog’li 
rayonlarga borishni istashsa ular tog’da yashovchi aholi bilan kelishilgan holda ish 
tutishadi. Ya’ni, tog’lik aholi sayyohlar uchun o’z uylaridan joy ajratishadi. Buning 
evaziga sayyohlar uy egalariga qishloq xo’jalik ishlarida yordam berishadi. Sayyohlar 
aholiga mevalarni terish, dorivor o’simliklarni yig’ish, poliz ekinlarini o’stirish va 


177 
terishda yordamlashishadi. Buning natijasida sayyohlar toza ob-havodan bahramand 
bo’lishadi, qishloq xo’jalik ishlarini o’rganishadi, dorivor o’simliklarni 
yovvoyilaridan ajratishni o’rganib olishadi, ruhan va jismonan dam olishadi, toza 
ekologik mahsulotlardan oziqlanishadi. Shunday usullarni bizning mamalakatimizda 
ham amalga oshirish imkoni mavjud. Tog’larda istiqomat qiluvchi aholiga xo’jalik 
ishlarida 
ishtirok 
etish, 
asalarichilik 
ishlarida 
yordamlashish, 
yilqichilik, 
parrandachilik, pillachilik, chorvachilik va hokazolarda ishtirok etish kabilarni 
amalga oshirishni yo’lga qo’yilsa, ham agroturizm sohasiga katta hissa qo’shilgan 
bo’lar edi. Natijada esa sayyohlarda ushbu soha bo’yicha talaygina tushunchalar 
shakllantirilar edi va ularning dam olishini yuqori darajada tashkillashtirish imkoni 
yuzaga kelar edi. Sayyohlarga tog’li rayonlarda o’suvchi dorivor o’simliklarni 
yig’ish, ularning xususiyatlari, qo’llash usullari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rgatish 
ham samarali foyda keltiradi. Chunki sayyohlar dorivor xususiyatga ega bo’lgan 
o’simliklar haqida ma’lumotga ega bo’lishadi hamda ularda tibbiy madaniyat 
shakllantiriladi. Bunday ishlar albatta, o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bularni amalga 
oshirishda o’sha soha mutaxassislari bilan birgalikda faoliyat yuritish kerak bo’ladi. 
Dorivor o’simliklarni yig’ishda o’simlikshunos mutaxassis bo’lmasa bu ishni amalga 
oshirish qiyin va samarali natijaga erishib bo’lmaydi. Ko’pchilik o’simlik turlarini 
yig’ishda turlicha shart-sharoit talab qilinadi. Ba’zi o’simliklarni kunning oxirida 
yig’ish talab qilinsa, boshqa bir turini quyosh chiqmasdan oldin terish kerak. Yana 
ba’zi o’simlik mevalarini yig’ishda hamma xuddi shunday jarayon amalga oshiriladi. 
O’simliklarni faqatgina kunning ma’lum qismida emas, yilning fasllariga, ob-havo 
sharoitiga, yashash muhitiga qarab ham yig’ib olinadi. Misol uchun, chakanda 
o’simligining mevasi juda ko’p shifobaxsh xususiyatlarga ega. Bu o’simlik mevasini 
faqatgina qishda birinchi qor yog’gandan keyin yig’ib olinadi. Aks holda, uning 
dorivorlik xususiyati pasayadi.
Bundan tashqari o’simliklarning ko’plab turlari yo’qolib bormoqda. O’z 
boshimchalik bilan yoki o’simlik haqida biror ma’lumotga ega bo’lmay turib 
yulinishi, ularni o’z maqsadi yo’lida ishlatilish sababli o’simliklarning soni kamayib 
ketmoqda. Hozirgi kunda noyob va yо‘qolib boradigan о‘simliklar turlarini saqlab 
qolish hamda kо‘paytirish muammolari qiyinlashmoqda. Mutaxassislar tomonidan 
o’simliklarni u yoki bu hududlarda tarqalishini aniqlash, populyatsiya holatini 
о‘rganish, turlarni yо‘qolib borishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olinishida о‘z 
vaqtida chora kо‘rilmasa, muammolarni yanada chuqurlashib borishi turgan 
gap.“О‘zbekiston florasi” da qayd qilingan 146 oilaga mansub 4230 ta yovvoyi va 
madaniy о‘simliklarning 577 turi dorivor о‘simliklar hisoblanadi. Bu dorivor 
о‘simliklar turli oila vakillaridir. Shu o’simliklarni qirilib ketishini oldini olish, 
turlarni saqlab qolish hamda ko’paytirish har bir yurtdoshimizning vazifasidir.
Xulosa qilib aytganda, agroturizmni amalga oshirish, hamda uni 
rivojlantirishorqali talaygina yutuqlarga erishish mumkin. Avvalo, sayyohlarning 
jismoniy va ruhiy dam olishiga erishiladi. So’ng yangi ish o’rinlari yaratilishi, bir 
qancha mutaxassislarni jalb qilib, sohani rivojlantirish orqali iqtisodiy yutuqlarga 
erishish, yo’qolib borayotgan turlarni saqlab qolish, qishloq xo’jaligidagi ishlarda 
aholiga yaqindan yordam ko’rsatish va ko’plab yutuqlarga erishish mumkin. 


178 
Adabiyotlar: 
1. 
www.orient-tracking.com
 
2. 
mg.uz.publish.doc 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish