Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Ikkinchi strategiya - bu shahar turizmi, mansabdor fuqarolar, madaniy turizm, 
alternativ turizm, konferensiya delegatlari, insentiv sayohatchilar, boshqa qiziqarli 
turizm turlarini, shuningdek, quyi mavsumda ichki turizmni rivojlantirish bilan yangi 
bozor segmentlarini jalb qilish orqali xaridorni o’zgartirish g’oyasiga asoslanadi.
Mavsum bo’lmagan davrda sayyohlarni jalb qilishning uchinchi strategiyasi 
agressiv narx siyosati olib borish orqali amalga oshiriladi.
Mavsumiylik muammosini turli davlatlar turlicha bartaraf qilishadi. Ushbu 
metodlardan biri ta’tilni ikki qismga bo’luvchi g’arbona tizim hisoblanib, uning 
yordamida mehmonxona yuklanishlari yil mobaynida tekis taqsimlanishiga erishiladi. 
Bu bolalar ta’tiliga ham tegishli bo’lib, misol uchun, Buyuk Britaniyada uch oylik 
maktab ta’tillari emas, balki, mavsumiy ta’tillar beriladi.
Yo’nalishlardan yana biri – bu mavsumiy tebranishlarga uchramaydigan 
turmahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish va siljitish. Bu, eng avvalo, MICE 
turizmini rivojlantirish, shuningdek, maqsadli guruhlar uchun ijtimoiy: nafaqaxo’rlar 
uchun madaniy bilish turizmi, yoshlarga mo’ljallangan ta’lim turizmini rivojlantirish 
sanaladi. Kongress va tadbir turizmining rivojlanishi ham turli turistik hududlardagi 
mavsumni barqarorlashtirishga imkon beradi. Bunday hududlar soni kun sayin 
ko’payib bormoqda. Quyidagi talablarga javob beradigan shaharlar kongress turizm 
markazlariga aylanmoqda: qulay geografik joylashuv, transportdan foydalanish 
qulayligi, yuqori sifatli mehmondo’stlik sanoati, uchrashuvlar uchun zarur 
inshootlarning mavjudligi, inson faoliyatining ma’lum bir turi (ilm-fan, madaniyat
biznes va boshqa)da yetakchilik yoki ahamiyatga moliklik, me’moriy jozibadorlik, 
shaharda yoki shahar yaqinida ekskursiya obyektlarining mavjudligi. Odatda, bunday 
talablarga yirik shaharlar (poytaxtlar) javob berib, shu sababli ular asosiy 
kongresslarni tashkil qilish markazlariga aylangan.
Tadbir turizmi boshqa turizm turlariga qaraganda yangi va juda qiziqarli bo’lib 
sanaladi. Sayohatning asosiy maqsadi qaysidir bir tadbirga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Bugungi kunda, an’anaviy hordiq chiqarish va turli noodatiy tadbirlarda qatnashishni 
o’z ichiga qamrab olgan unikal turlar mashhurlikka erishmoqda. Tadbir turizmining 
asosiy xususiyati – takrorlanmas yorqin daqiqalar. Bu turizmning istiqbolli va faol 
o’sayotgan turi sanaladi. Tadbir turizmining maqsadli auditoriyasi – o’rtachadan 
yuqori daromadga ega bo’lgan sayyohlar, shuningdek, bir necha guruhlardan iborat 
bo’lgan juftliklar. Tadbir turizmining bir necha mavzuli turlarini ajratish mumkin: 
milliy festival va bayramlar, teatrlashtirilgan shoular, kino va teatr festivallari, 
gastronomik festivallar, moda namoyishlari, auksionlar, musiqa festivallari, sport 
tadbirlari. Tadbirlar an’anaviy yoki sun’iy yaratilgan bo’lib, asosiy yoki “o’lik” 


377 
mavsumda sayyohlarni jalb qilishga yo’naltiriladi, bunga asosiy mavsum - avgust 
oyida o’tkaziladigan Edinburg musiqa festivalini, ikkinchisiga esa o’zgacha “mini-
mavsum”ni yaratgan Munichda o’tkaziladigan Oktoberfest festivalini misol qilib 
keltirsa bo’ladi. 
O’zbekistonda turistik sohaning jadal rivojlanishiga, mamlakat imidjining 
shakllanishi va jahon bozorida tanilishiga o’z hissasini qo’shayotgan respublikada 
doimiy ravishda o’tkazib kelinayotgan yirik masshtabli turistik tadbirlar ham 
ahamiyatlidir. Jumladan, “Dam olish dunyosi” xalqaro turizm yarmarkasi, “Ipak va 
ziravorlar” festivali, “Sharq Taronalari” xalqaro festivali shulardan hisoblanadi. 
Bulardan biri yillik miqyosda o’tkaziladigan “Ipak yo’lida turizm” Toshkent Xalqaro 
Turistik Yarmarkasi sanaladi.
Mamlakatimizning turizm sanoatida turistik mavsum hal qilinishi lozim 
bo’lgan asosiy muammo sanaladi, sababi turistik xizmat ko’rsatuvchi korxona va 
tashkilotlar yil bo’yi bir maromda faoliyat ko’rsata olmaydi. Buning eng asosiy 
omillaridan biri noqulay ob-havo sharoiti bo’lsa, ikkinchisi bunday sharoitga mos 
taklifning mavjud emasligidir. Natijada ushbu mavsumiy tebranishlar sohada mehnat 
bilan band aholining mavsumiy ish bilan bandligi, turistik korxona doimiy 
xarajatlarining 
qoplanmasligi, 
infratuzilma, 
turistik 
xizmat 
ko’rsatuvchi 
obyektlarning bir xilda saqlanmasligi, attraksionlar to’lish koeffitsienti pastligi kabi 
muammolarni keltirib chiqaradi. Umuman olganda qisqa mavsumni uzaytirish 
maqsadida har bir hudud o’zida mavjud bo’lgan turistik resurslardan, u madaniy 
meros obyekti bo’ladimi, yer osti va yer usti boyliklari bo’ladimi, landshafti, sanoati 
bo’ladimi, barchasidan unumli ravishda foydalanishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, konferensiya, uchrashuv va marosimlar, ommaviy 
tarzda har bir faslga moslab o’tkaziladigan, har yili ma’lum bir maqsadda 
uyushtiriladigan ommaviy tadbirlar O’zbekistonning qaysi hududida o’tkazilishidan 
qat’iy nazar sayohatchilar oqimi oshishiga ko’maklashadi.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish