Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической


TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING 
AHAMIYATI 
 
Boymanova M. – 1-kurs magistranti, Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi, TDPU, 
Toshkent sh. 
Mamlakatimizda ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan bugungi kunda 
2021 yilda o‘tkaziladigan PISA baholash dasturida O‘zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. 
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to’g’risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va 
jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga , 2021-yildagi 
Xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko’rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
148 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ,Milliy markaz bilan 
hamkorlikda Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifalari belgilandi. 
Qarorga muvofiq quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etildi:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf 
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; 
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf 
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash 
uchun; 
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning 
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; 
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog 
kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda 
o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun. 
Qayd etish lozimki Prezidentimiz farmoni bilan “ O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlangan bo’lib , unda O’zbekiston 
Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo’yicha jahonning 
birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi. 
Chunki xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish 
bilan bog’liqdir. Ta’lim sifatini oshirish esa mamalakatga yetuk kadrlar yetishtirib berish imkoniyat 
darajasini oshiradi.
PISAning o’ziga hosligi nimada? PISA tadqiqotlari o’quvchilarning maktabda olgan 
bilimlardan foydalangan holda real hayotdagi vaziyatlarga, muammolarga nisbatan qo’llay olishlari 
mumkinligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan. Dars jarayonida olingan ma’lumotlarni o’quvchi 
tutiqush kabi yodlab olganliklari PISAni kamroq qiziqtiradi. Aksincha o’quvchilarning maktabda 
egallagan ko’nikmalardan kitob, gazeta, rasmiy ma’lumotlar yoki yuriqnomalarda berilgan 
ma’lumotlarni o’qib , mantiqiy tahlil qilishda foydalana olishlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan 
tadqiqotdir. PISAning nuqtayi nazari har bir o’quvchiga bilim ko’nikmalarni qay darajada 
o’zlashtirganliklarini aytib o’tish emas balki natijalarni tahlil qilish va uni milliy darajada 
rivojlantirishdan iboratdir. Masalan PISA bo’yicha muammoli vaziyatni olib qarasak, PISA 
bo’yicha bahoning 50 ballga oshishi davlatning Yalpi ichki mahsulotining 1% foizga o’sishini 
ta’minlaydi. PISA tendensiyasi shuni ko’rsatayaptiki barcha mamlakatlar yahshilanish yo’lidagi 
salohiyatga ega. PISA tadqiqotlarida qatnashadigan mamlakatlar o’z o’quvchilarini boshqa davlatlar 
bilan solishtirib qaysi reyting darajasida ekanliklarini bilishga intiladilar. Lekin PISAning asosiy 
maqsadi o’z manfaati yo’lida raqobat muhitini yaratish emas uning maqsadi barcha ishtirokchi 
mamlakatlar uchun tadqiqot natijalaridan foydalangan holda o’zining ta’lim tizimini yahshilashi 
hamda har bir o’quvchiga eng yahshi natijaga erishishi uchun qulay imkoniyat yaratib berishdan 
iboratdir.
Shu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga 
nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha:
1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni 
hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi; 2. Milliy ta’lim 
tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish 
dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini 
yaratishda qo‘llaniladi; 3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli 
o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga 
asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish 
bilan bog‘liqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat O‘zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida 
o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning 
kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish