285
She’r va qofiyalardan foydalanish muammosi ta’limning barcha bosqichlarida
tegishli e’tiborga loyiqdir, chunki bunda til materialini o’zlashtirish samarasi
kuchayadi. Til o’rganuvchilar uchun o’rganilayotgan tilning butun jozibasi, o’ziga
xosliklari namoyon bo’ladi.
O’quvchilar, talabalar odatda tez chalg’ish xususiyatiga ega. Shuning uchun dars
rejasida diqatni jamlashni yengillashtiradigan, o’quvchilarning e’tiborini tortadigan va
ijobiy hissiy kayfiyatni uyg’otadigan ish turlarini ko’rsatish zarur.
She’rlarni va ulardagi qofiyalarni o’rganish mavzu materiallarini o’rganish, eslab
qolishni mustahkamlaydi. Ularni o’rganish oson, ritm va tovushlarni takrorlash esa
o’qitishni qiziqarli amalga oshirishga yordam beradi. She’r o’qish asli qiziqarli
mashg’ulot. Shu bilan birga, hissiy jihatdan ijobiy ta’sirga ega bo’lgan narsa uzoq vaqt
davomida xotirada saqlanadi va inson ongida iz qoldiradi. O’qituvchi hammadan she’r
o’qishni so’raydi. O’qish jarayonida o’qituvchi har bir talabaga yaqinlashadi va
materialni to’g’ri talaffuz qilish-qilmasligini tinglaydi.
So’ng o’qituvchi talabalarni ushbu she’rni tarjima qilishda o’zlarini sinab
ko’rishga taklif etadi. Bu o’rinda eng yaxshi amalga oshirilgan ishlarni alohida
rag’batlantirish maqsadga muvofiq. Shunday qilib talabalarda raqobat prinsipi va
g’alaba qozonish istagi yuzaga keladi. Ishning bunday turi o’rganuvchilarda ijodiy
qobiliyatlarni ochib beradi, tilni o’rganishga qiziqish uyg’otadi deb o’ylayman, chunki
ta’lim oluvchilar grammatiik, leksik ko’nikmalar va xotirani rivojlantiradigan she’rlar
bilan ishlashni yaxshi ko’radilar. Demak, hozirda she’r o’qish va ulardagi qofiyalar
bilan ishlashning ahamiyati bor. O’zbek tili darsidagi qofgiyalar o’quvchilarni jalb
etish va faollashtirish vositasidir, chunki ulardagi ohangdoshlik e’tiborni tortadi,
taranglik va siqilishni bartaraf etishga yordam beradi.
She’riyat o’quvchilar nutqini va uning nafas olish, diksiya, eshitish, temp, ovoz
kuchini tartibga solish kabi tarkibiy qismlarini rivojlantirish vositasi sifatida juda katta
rol o’ynaydi. She’rlar va qofiyalar xotirani yaxshilashga ham yordam beradi. Ayrim
she’r va qofiyalar o’quvchilarda axloqiy fazilatlarni, xulq-atvor madaniyatini, bir-
birini, atrofdagilarni hurmat qilishni, qiyinchiliklarni yengishda matonatni
tarbiyalaydi. She’rlardagi ohangdosh so’zlar tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni mashq
qilish uchun mo’ljallangan. Shuningdek, lug’at boyligini kengaytirish va
mustahkamlashga xizmat qiladi, chunki ularning har biri ma’lum miqdordagi leksik
birliklarni o’z ichiga oladi.
Grammatik qofiyalar oquv jarayonida juda yaxshi yordam beradi, chunki ular
she’riy shaklda bo’lsa-da, tilning turli grammatik xususiyatlarini eslab qolishga
yordam beradi. Har qanday yoshdagi talaba uzoq vaqt davomida hech qanday
muammosiz xotirasida qoladigan o’ziga xos bilimni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: