Сборник докладов республиканской научно-технической конференции значение информационно-коммуникационных


ZAMONAVIY RADIO TIZIMLARDA SHOVQINSIMON SIGNALLARNI



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/267
Sana14.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#795134
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
Bog'liq
Maqola

ZAMONAVIY RADIO TIZIMLARDA SHOVQINSIMON SIGNALLARNI 
QO ‘LLASHNING ASOSIY TOMONLARI 
U.Sh. Sabirova (katta o‘qituvchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
A.X. Abdullayev (assistant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Zamonaviy radio tizimlarda axborotni keng spektrli shovqinsimon 
signallardan tashuvchi sifatida foydalanishda uchta asosiy ko‘rsatkich amplituda, 
chastota va fazasi bilan ta’riflanadigan garmonik tebranish shaklidagi tashuvchi 
o‘rniga tasodifiysimon o‘zgaruvchi ko‘p ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tashuvchidan 
foydalaniladi. Bunday tasodifiysimon tashuvchi generatori chiqishidagi signal bir 
xil statistik ko‘rsatkichlar (o‘rtacha qiymat, dispersiya, korrelyatsiya funksiyasi)ga 
ega bo‘lib, u turli boshlang‘ich shartlarida turli bir-biriga umuman o‘xshash 
bo‘lmaydi, bir-biri bilan bog‘lanmagan – korrelyatsiyasi nolga teng bo‘lib, bu holat 
ulardan foydalanib ortogonal signallar ansamblini qurish imkoniyatini yaratadi. 
Hozirda shovqinsimon signallardan foydalanib axborot uzatishning bir qator 
usullari ma’lum bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
-
tasodifiy signal bilan yopish (maskirovka); 
-
ish holatlarini tasodifiy o‘zgartirish; 
-
nochiziqli aralashtirish; 
-
to‘g‘ri va teskari (dual) nochiziqli o‘zgartirish; 
-
Puankare kesimini oldinroq boshqarish; 
-
Tasodifiy tashuvchini chastota bo‘yicha modulyatsiyalash. 
Tasodifiy signal bilan yopish (maskirovka)da axborot signali 
tasodifiy 
signalni generatsiyalash chiqishidagi signal 
ga qo‘shiladi (1 -rasm).
1-rasm. Tasodifiy signal bilan yopish (maskirovka) axborot uzatish tizimi 



Natijaviy signal s(t)=x(t)+u(t) radiosignalga aylantiriladi va radiokanal orqali 
uzatiladi. Bu usul axborotni tasodifiysimon signal bilan yopish orqali uni uzatishni 
ma’lum darajada yashirinlashi uchun axborot signali 
u(t)
quvvati yopuvchi signal 
x(t)
quvvatiga nisbatan ancha kichik bo‘lishi kerak. Bundan tashqari 
tasodifiysimon yopuvchi signal 
x(t)
ning ko‘rsatkichlari uni ma’lum vaqt davomida 
kuzatish natijasida aniqlanishi mumkin, shuning uchun bu usul axborotni yetarli 
darajada yashirin uzatishni ta’minlash imkoniyatini bermaydi. 
Tasodifiysimon signallardan foydalanib “1” va “0” ni uzatishda ular turli 
tasodifiysimon statistik ko‘rsatkichlari bir-biriga o‘xshash signallardan 
foydalaniladi (2-rasm). Tasodifiysimon signallarni almashtirib (“1” va “0” ga mos 
ravishda) axborot uzatish aloqa tizimi tasodifiysimon impulslar ketma-ketligidan 
foydalanib radiokanal orqali uzatiladigan spektr kengligini kattalashtirish usuliga 
qaraganda nisbatan yuqori yashirinlikni ta’minlashi bilan birga, texnik jihatdan 
nisbatan oson amalga oshirilishi mumkin. Bu usulning asosiy kamchiligi axborot 
signali 
u(t)
qiymati o‘zgarganda qabullash qurilmasi tarkibiga kiruvchi 
tasodifiysimon generatori uzatilgan 
x(t)
tasodifiysimon signal bilan sinxron ish 
rejimiga kirishi kerak, bu esa ma’lum vaqt o‘tishini talab qiladi. Shuning uchun bu 
aloqa turining axborot signalini uzatish tezligi nisbatan kichik va chastotalar 
spektridan foydalanish samaradorligi ham uncha katta emas, axborot signali 
spektrining aloqa kanali polosasi kengligiga nisbati kichik. 
2- rasm. Tasodifiysimon signallarni almashtirib axborot uzatish tizimi 
Nochiziqli aralashtirish usulida (3-rasm) axborot signali 
u(t)
avtotebranish 
tizimida murakkab tasodifiysimon ishlash holatini shakllantirishda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qatnashadi. Avtotebranish tizimida axborot signali avtogenerator 
shakllantirayotgan signal bilan nochiziqli bog‘lanishda aralashtiriladi. Axborot 
signali 
u(t)
avtotebranish tizimining teskari musbat aloqa zanjirida u 
shakllantirayotgan signal bilan nochiziqli ravishda aralashtiralidi. Qabullash 
qurilmasida tasodifiysimon generatori uzatish tomoni generatoriga mos 
generatorning teskari aloqa zanjirining uzib unga ayiruvchini qo‘shish orqali 
amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda qabullash tomonida axborot signali 
u(t)
ni ajratib olish uchun umumlashtiruvchi nochiziqli filtrdan uzatish tomonida 
nochiziqli o‘zgartirishni amalga oshirish kabi amalga oshiriladi (3-rasm). Ushbu 
axborot uzatish tizimidan uzatish va qabullashda foydalaniladigan tasodifiysimon 
signal generatorlari bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan holda foydalanish mumkin. 
To‘g‘ri va teskari (dual) nochiziqli o‘zgartirishga asoslangan tizimlarda 
uzatkich axborot signali 
u(t)
kiritiladigan tasodifiysimon signal generatoridan 
iborat.



3- rasm. Axborotni nochiziqli aralashtirish usulida uzatish tizimi 
Qabullash qurilmasida uzatkichda bajarilgan amallarning teskarisi bajariladi, 
teskari va to‘g‘ri nochiziqli o‘zgartirishlardan foydalanishga asoslangan aloqa 
tizimlari tasodifiysimon signallarni “1” va “0” ga mos ravishda almashtirishga 
asoslangan aloqa tizimiga nisbatan yuqori tezlikda axborot uzatishni ta’minlaydi, 
to‘g‘ri va teskari nochiziqli almashtirishga asoslangan aloqa tizimida 
generatorlarning sinxron ishlash holati butun axborot uzatish davrida saqlanib 
qoladi, axborot signali u
(t)
bitlari “1” yoki “0” lar almashishida ham saqlanib 
qoladi. Dual nochiziqli o‘zgartirishga asoslangan aloqa tizimlaridan analog va 
raqamli axborot signallarini uzatishda foydalanish mumkin. 
Axborot uzatishning yana bir usuli chastotali fazaviy tizim yordamida 
sozlashga asoslangan. Bunday tizimlarda uzatiladigan axborot u
(t)
fazani nazorat 
qiluvchi past chastotali tasodifiysimon signal o‘tuvchi zanjirga kiritiladi.
Fazani avtomatik sozlashga asoslangan aloqa tizimining afzalliklari 
quyidagilardan iborat: 
a) past chastotali tasodifiysimon tebranishlar signali spektri tizimda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytiriladi;
b) bunday aloqa tizimini radiodiapazonda texnik amalga oshirishning 
nisbatan osonligi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tasodifiysimon signallardan foydalanib 
axborot uzatish hozirda asosan nazariy tomondan o‘rganilgan bo‘lib, axborotni 
samarali uzatish aloqa tizimlari yaratilmagan. Ammo elektronika va raqamli 
integral mikrosxemotexnikaning jadallik bilan rivojlanishi yaqin yillarda uni 
axborot uzatish radiotexnik tizimlari safidan o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish