Сборник докладов республиканской научно-технической конференции значение информационно-коммуникационных


RADIOCHASTOTALI IDENTIFIKATSIYALASH TEXNOLOGIYASI



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/267
Sana14.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#795134
TuriСборник
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   267
Bog'liq
Maqola

 
RADIOCHASTOTALI IDENTIFIKATSIYALASH TEXNOLOGIYASI 
U.X.Aripova (dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Sh.L.Xazratov (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Zamonaviy simsiz telekommunikatsiya tarmoqlari va kompyuter texnolo-
giyalari soat sayin rivojlanayotgan dunyo taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanib 
ulgurdi. Bugungi kunga kelib axborot resurslari ham ishlab chiqarish va inson 
resurslari kabi jamiyatning asosiy boyliklaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Shu 
sababli, asrimiz insonlari boshqa davrlardan farqli ravishda o‘z hayotlarini mobil 
terminallar, turli shakldagi bank va xizmat ko‘rsatish kartalari, navigatorlar 
kabi “aqlli” yordamchilarsiz tasavvur etishlari juda qiyin. Mana shu qurilmalarni 
yuragini tashkil etuvchi mikrochiplar kontaktsiz tarzda ularni kun davomida tezkor 
hisobni ta'minlaydilar, tovarlarning harakatini nazorat qiladilar, xizmatlar uchun 
to‘lovlar, m'alumotlarni kiritish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradilar. Bu 
radio chastotalarni avtomatik ravishda aniqlash imkoniyatini beruvchi texnologiya 
bo‘lib, RFID 
(radio frequensy identifisation) 
nomi bilan yuritiladi. 
Radiochastota yordamida identifikatsiya qilish bizga kuzatish obyektini 
umumiy massadan ajratib olish hamda real vaqt bo‘yicha uning harakatini kuzatib 
borish imkonini beradi. Insonlarning faoliyat yuritish sohalarining kengayishi 
bilan identifikatsiyalash muammosi ham tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. 
RFID tizimlari asosan uchta komponentdan: taʼminot manbasi, axborotni 
o‘quvchi qurilma va yorliqdan tashkil topadi. Yorliq o‘lchamlari 3 mm dan 20 sm 
gacha bo‘lgan qurilma bo‘lib, axborotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi 
mikrosxema (chip) hamda radiosignallarni uzatish va qabul qilish uchun 
mo‘ljallangan antennadan iborat (1-rasm). 
1 - rasm. RFID yorlig‘i 
O‘z navbatida yorliqlar ham aktiv, yarim passiv va passiv turlarga bo‘linadi. 
Aktiv yorliqlar - o‘zining shaxsiy manbasidan quvvatlanadi va juda uzoq 
masofalarga uzatish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha funksiyalariga ham ega. 


118 
Yarim passiv yorliqlar - o‘z quvvat batareyalariga ega, shuningdek, 
RFID 
tizimini 
o‘qish 
uchun 
mo‘ljallangan 
tashqi 
qurilma 
hosil 
qilgan elektromagnit maydondan ham quvvatlana oladilar. 
Passiv yorliqlar - o‘z quvvat manbasiga ega emas. Ular o‘quvchi 
qurilmadan bor-yo‘g‘i 8 metr masofagacha uzoqlikda ishlashi mumkin. 
Lekin, tan narxi yuqoridagi yorliqlarga nisbatan ancha arzon va birmuncha 
ixcham [1].
O‘quvchi qurilmaning asosiy vazifasi o‘zining antennasi yordamida 
yorliqlarni faollashtirish va undan uzatilgan axborotni qabul qilish iborat. Yaʼni, 
o‘quvchi qurilmaning antennalari nurlatgan elektromagnit to‘lqinlar yorliq 
antennasi energiya bilan taʼminlaydi hamda uning akkumulyatorini zaryadlaydi. 
Shundan so‘ng zaryadlangan akkumulyatordan foydalanib, ichki mikrosxema 
yoqiladi hamda o‘zida saqlangan maʼlumotlarni jo‘natishni boshlaydi. Uzatilgan 
signallar o‘quvchi qurilma tomonidan qabul qilinadi, demodulyatsiya qilinadi, 
shifrlanadi va foydalanuvchiga o‘z uchun qulay shaklda taqdim etiladi (2 - rasm). 
Antenna RFID tizimi qabul qilgichining ajralmas qismidir. Uning chastotasi 
har doim yorliq chastotasiga moslashgan bo‘lishi shart. Nazoratchi - bu tizimni 
boshqarishni taʼminlaydigan RFID qabul qilgichi o‘quvchi qurilmasidan maʼlumot 
olgandan so‘ng kerakli choralarni ko‘rishini taʼminlaydi. Buning uchun RFID 
qabul qilgichi odatda markaziy tekshirgich bilan aloqa o‘rnatishi kerak [2].
2 - rasm. RFID tizimining tarkibiy sxemasi 
RFID tizimi antennalari funksional imkoniyatlarga, dasturga va asosiy ishchi 
chastotasiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Har qanday antennalarda 
bo‘lgani kabi, RFID antennalari ham asosiy qoidalariga va talablarga bo‘ysunadi. 
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, yangi materiallar va matematik 
algoritmlarning paydo bo‘lishi RFID identifikatsiyalash tizimining asosi bo‘lgan 
ixtisoslashtirilgan 
identifikatsiyalash 
moslamalari 

radiochastota 
qabul 
qilgichlarini 
yaratish 
imkonini berdi. 
RFID 
identifikatsiyalash boshqa 
texnologiyalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Radio chastotani 
identifikatsiyalashning eng katta afzalligi, identifikatsiya maʼlumotlarini qabul 
qilish va qayd etish masofasi bir necha o‘n metrgacha o‘zgarib turadi. RFID - 
belgilarni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. 
RFID - tizimlar turli obyektlarni operativ va aniq nazorat qilish, ularning 
harakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan turli xil hollarda ham 
qo‘llaniladi. 


119 
RFID texnologiyasi borasida olib borilayotgan tadqiqotlarga asoslangan jahon 
tajribasi taqdim etayotgan maʼlumotlarga
ko‘ra RFID bozori so‘ngi yillardagi
o‘sish surati 50 foizdan yuqori. Ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Rossiya 
kabi davlatlar bu texnologiyadan hukumat maqsadlarida maksimal darajada 
foydalanish uchun juda katta sarmoyalar kiritmoqdalar. 
Shu o‘rinda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetida ham RFID texnologiyasini joriy etish aynan 
maqsadga muvofiq loyiha bo‘lishi mumkinligini taklif sifatida keltirib o‘tish joiz. 
Xususan, xodimlar va talabalar haqidagi maʼlumotlarni jamlagan kontaktsiz ID 
kartalarni joriy etish, universitet laboratoriya va bo‘limlarida laboratoriya 
qurilmalari 
va 
uskunalarini, 
multimedia 
qurilmalarini, 
kutubxonalardagi 
mavjud adabiyotlarni RFID yorliqlari bilan jihozlash ularni xavfsizligini 
taʼminlash va doimiy nazoratda ushlab turishda yuqori samaradorlikni taʼminlaydi. 
O‘zbekistonning 2030 yilgacha ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish 
konsepsiyasida 
ham 
RFID 
texnologiyasini 
pasportlar 
va 
haydovchilik 
guvohnomalari, ijtimoiy va migratsiya kartalari, qimmatli qog‘ozlar, bank, turli 
xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatish, bojxona va boshqa yo‘nalishlarda keng 
miqyosda tatbiq etish bo‘yicha davlat tashabbuslari kutilmoqda. Bundan tashqari, 
ushbu texnologiyalar kelgusida sanoat, fan, savdo, tibbiyot, sport kabi boshqa 
sohalarda ham o‘zining maqsadli va muvaffaqiyatlili taraqqiyotiga ega bo‘ladi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish