Darsning borishi:
O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashgach, ularga murojaat qiladi: dars shiori aytiladi.
O’quvchilar: Bir soatlik dars – buyuk asar
O’qituvchi: O’quvchilar, daftaringizga yuragingizdan chuqur joy olgan, o’zingiz yoqtirgan so’zni yozing. O’quvchilar daftarga bittadan so’z yozishgach, o’qituvchi ularni o’rtaga taklif qiladi.
1-o’quvchi: - “Mehr”
2-o’quvchi: - “Vatan”
O’quvchilar shu so’zlarga ta’rif beradilar.
1-o’quvchi: - «Mehr» - ko’zda.
2-o’quvchi: “Vatan” ostonadan boshlanadi va b
O’qituvchi yozuv taxtasiga o’quvchilar tanlagan so’zni yozib qo’yadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi:
1-guruh – «Mehr»
2-guruh–“Vatan” haqida so’z o’ylab uni ta’riflagan o’quvhchilar joylashadilar, joylashganlaridan so’ng,
dars davomida ularning ballarini baholab borish uchun tarkibi uch kishidan iborat bo’lgan ekspert guruhi ish boshlaydi.
O’qituvchi: Mana, guruhlarga ham bo’linib oldingiz. Sizlarni o’tgan darsimiz asosida olgan bilimlaringizni sinab ko’rish uchun “Noma” o’yinini o’tkazamiz. O’qituvchi “Noma” o’yinini shartini tushuntiradi. Bu o’yin davomida o’qituvchi ham “xat tashuvchi” sifatida o’yinda ishtirok etadi. “Xat tashuvchi” guruh sardorlariga xatjildlarni tarqatadi. Xatjildlar ichida har bir guruh uchun savollar bo’ladi. Savollarga tayyorlanish uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Guruh a’zolarini kelishuviga muvofiq bir guruh a’zosi javob beradi.
I guruhga berilgan savollar:
1. Leksikologiya bo’limi nimani o’rganadi?
2. Leksik birliklarga nimalar kiradi?
I guruhining javobi: tinglanadi va to’ldiriladi . II guruhga berilgan savollar:
Atamalar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
Atamalar necha xil bo’ladi?
II guruh javobi:tinglanadi va to’ldiriladi O`qituvchi ularga rag`bat kartochkasini beradi. T e s t b a j a r i sh:
Bu jarayonda “Kim chaqqon va topqir” o`yini o`tkaziladi. Har bir guruhga test topshiriqlari beriladi.
1."Mehr" guruhiga berilgan test savollari: Umumxalq tilidagi so'zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A. Menga, osmonga, tovonga B. Burungi, yakshanba, manba
C. Ot, ildiz, hol, fe'l D. Kasr, musbat, manfiy
"Vatan" guruhiga: Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali hosil bo’lgan, faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydigan atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A. Aniqlovchi, ildiz, hol B. Asr, asir, davo, da’vo sava, sa’va
C. Ot, ildiz, hol, fe'l D. Kasr, musbat, manfiy
O’quvchilar javobi tinglanadi va rag’batlantirilib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |