O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI INTERNET JURNALISTIKA FAKULTETI MAGISTRANTI
HALIMOVA SAYYORANING
MEDIALANDSHAFT FANIDAN
ORALIQ NAZORAT ISHI
SAYTLARDA ENG KO’P QO’LLANILADIGAN JANRLAR
(Rost24.uz va Qalampir.uz saytlari misolida)
Xuddi adabiyotda janr turlari bo’lgani kabi jurnalistikada ham bir qancha sohaviy janrlar mavjud. Bular: xabar, reportaj, intervyu, hisobot, suhbat, maqola, taqriz, lavha, ocherk, feleton, esse, vodkast, video blog kabilar. Publitsistika turlari va janrlarining xilma-xilligj uning ijtimoiy hayotni keng va har taraflama aks ettirishdan iborat ijtimoiy vazifadan kelib chiqadi. Publitsistika orqali insoniyat o‘zini o’rab turgan tashqi dunyodan xabardor bo’ladi, uni anglaydi va o‘z manfaati yo’lida foydalanadi.
Rost24.uz sayti hozirda eng dolzarb muammolarni ko’tarib chiqayotgan saytlardan biri hisoblanadi. Asosiy rakurs davlat va xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, ba’zi bir mansab egalarining o’z vazifalarini suiiste’mol qilishlari, buning ortidan jamiyat rivojiga qo’yilayotgan to’siqlarni omma oldiga olib chiqishga va manfaatli yechim topishga qaratilmoqda. O’z navbatida, sayt faoliyati aytarli darajada ko’zga ko’rinarli ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Aprel oyida sayt kontentida 80 ta maqola, 2 ta so’rovnoma, 30 ta kun hikmati va 37 ta videorolikli material e’lon qilingan.
Saytda asosan jurnalistik surishtiruv, maqola va intervyu, vlog janrlari yetakchi o’rinni egallaydi. Yaqinda “O’zbekistonni rivojlantirish uchun nima qilish kerak?” rukni ostida sayt tomonidan o’tkazilgan jurnalistik surishtiruv orqali xalq fikri bilan qiziqildi. Unda ko’pchilik birday korrupsiya, poraxo’rlarni kamaytirish, monopoliyaga barham berish orqali farovonlikka erishish mumkin, deya javob berdi. Bundan anglashiladiki, jurnalistik surishtiruv xolislik va haqqoniylik garovidir. Unda, aytaylik, yakka shaxsning fikrlari bilan ma’lum bir xulosaga kelinmaydi yoxud radikal kuchlar tomonidan maxsus buyurtma qilingan, davlat tuzumiga qarshi bo’lgan qarashlar ilgari surilmaydi. Unda xalq nigohi bilan muammoga yo’l izlanadi.
“Pandora Pappers” nomi bilan sayt bosh muharriri Anora Sodiqova tomonidan e’lon qilingan maqola mojarosi haligacha davom etmoqda. “Haqiqiy jurnalistika” shiorini o’zlariga dasturilamal qilib olgan, ko’p narsadan hayiqmaydigan sayt ma’muriyati bu gal tepadan bo’lgan tahdid natijasida “tilini tiyish”ga majbur etildi. Biroq keyingi etaplarda sayt yanada teranlik bilan ish olib borishmoqda.
“Haqiqiy jurnalistikaga urinasan hamkasblaring lom-mim demaydi. Xato qilsang jar soladi. Sen izlanib yozgan materialingni buyurtma, deya o‘zlarini ovutishadi. 4 hokimiyat bo‘lishga intilib tayyorlangan materiallar ortidagi bosim va tahdidlar bilan doim yolg‘iz qolaverasan... 😞 Ammo, men bu maqolani prezidentning 4 hokimiyat bo‘linglar, orqangizda men turibman degan gaplariga ishonib yozgandim. Lekin, saytdan olib tashlashga majbur bo‘layapman”, deydi o’z Facebook sahifasida Anora Sodiqova.
Shuningdek, saytda “Rost reyting” ruknida eng ko’p o’qilgan xabarlar berib boriladi.
Hozirda o’zining piar kampaniyasi bilan tanilgan “Qalampir.uz” sayti asosiy e’tiborni xabarlarning tesha tegmagan sarlavhali xabar, intervyulari bilan ommani o’ziga qaratishga urinayotgan bo’lsa-da, feyk ma’lumotlarning haddan oshib ketayotganligi tom ma’noda sayt auditoriyasining salbiy fikrlariga sabab bo’lmoqda. Qora piarni ham sayt ommalashuviga xizmat qilishini asosiy o’ringa qo’ygan “Qalampir.uz” o’z navbatida buni uddalayapti ham. “Qalampir.uz”da fotoreportaj va xabar, longrid janarlari asosiy o’rinlarni egallaydi.
Hozirda “Qalampir.uz” saytining Telegramm ijtimoiy tarmog’ida 3 ta yo’nalishda, “Qalampir.uz Sport” (jahon va o’zbek sportidagi yangiliklarni berib boradi), “Qalampir LIVE” (tezkor yangiliklar berish bilan shug’ullanadi) va asosiy, umumiy yangiliklar sayti “Qalampir.uz” o’z faoliyatini olib boradi. Janr xususiyatiga qarab, har uchchala kontent bir-biridan farqlanishi mumin.
Sayt Jamiyat, 3-sahifa, Olam, Madaniyat va san’at, Intervyu, Foydali, Texnologiya, Salomatlik, Bu qiziq, Biznes, Sport, Tahlil, Shou biznes kabi ruknlarida ko’proq matn va foto asosidagi maqolalarga keng o’rin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |