o‘rmon (10iolo). U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o‘z ichiga
oladi. Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari. Iqlim yil davomida
o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli daraxtlar (buk, lipa, eman,
zarang, shumtol), butalar va o‘tlar o‘sadi. Dashtlarning iqlimi fasllar davomida o‘zgarib
turadi, qish harorati 0°C dan past. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi.
O‘tloqlar – o‘simliklari asosan o‘tlardan iborat ekosistemalar. Bu ekosistemada
o‘suvchi o‘simliklar yetarli darajada namlikni talab qiladi. O‘tloqlar namlik yetarli
darajada bo‘lgan hududlar: pasttekisliklar, daryo qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari tog‘ o‘tloqlari – alp o‘tloqlari, yaylovlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |