YECHIMI
Oʻsimlik → quyon → tulki
100 t → 10 t → 1 tonna
1000 kg hamma tulkilarni massasi 1 tasini massasi 10 kg ortgan boʻlsa
1000 / 10 = 100 ta tulki
Javob: 100 ta
1. Tuproq – edafik omillar (yunoncha «edaphos» – yer, tuproq) tirik organizmlar
hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. Edafik omillarga asosan
tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan xossalari: kimyoviy tarkibi, strukturasi,
suv rejimi, havo va harorat me’yori misol bo‘ladi.
Tuproq Yer qobig‘ining o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tog‘ jinslari o‘zaro
ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan va o‘zgaradigan yuza 64
qismi hisoblanadi. Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V. Dokuchayev asos solgan.
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib bergan: geologik
omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik organizmlar; vaqt
(geologik yoshi). Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining
yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar
katta rol o‘ynaydi. Tuproqda xilma-xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali
suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar,
hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar (yumronqoziq, yerqazar, krot)
yashaydi.
2.
Xlamidomonadaning sporalar orqali
ko‘payishi
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok
etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil
bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.
xlamidomonada kabi suvo‘tlari, sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida
hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.
16- bilet.
1.Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarga nisbatan qanday moslanishlar shakllangan.
2.Biosferaning tarkibi.
3.Jadvalni to’ldiring.
Organizmlar
Aromorfozlar
Idioadaptatsiyalar.
Sudralib yuruvchilar
Terisi quruqlashishi ,ichki
urug’lanish tuxumning
qattiqligi.
cho‘lda yashaydigan
toshbaqa, kaltakesak,
ilonlar qum rangida
bo’lishi.
Qushlar
Nerv sistemasi va sezgi
organlari kuchli taraqqiy
etgan,uchishga
moslashgan.
kakku qush boshqa
qushlar singari in
qurmaydi va tuxumini
mayda qushlar –
qorayaloqlar,
jiblajibonlar, bulbul,
sirchumchuqlarning
inlariga qo‘yishi.
Sutemizuvchilar
Oliy nerv
faoliyati,bachadonda
embrionning rivojlanishi
Yevropaning o‘rta
mintaqasida yashovchi
tulki, tovushqon,
kuropatka, gornostay
qishda bir, yozda ikkinchi
xil rangda bo‘ladi.
Hasharotxo‘rlar
turkumiga mansub
hayvonlarning ba’zilari
quruqlikda, suvda yoki yer
ostida yashashga
moslashganligi ham
idioadaptatsiyaga misoldir
1. Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish darajasiga
ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va gomoyoterm (issiqqonli)
organizmlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |