SAYOHATCHI VA TURIST HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING
MOHIYATI
(Essay)
Jahon xalqlarining tilida «turizm» tushunchasi lotin tilidan «tourmus» aylana bo’ylab
harakat mazmunini beradi. Ba’zan frantsuzcha «tour» ya’ni ketgan joyga qaytib kelish
maqsadida qaytib qilingan sayohat ham deb tushuniladi. Turizm haqidagi
tushunchalarni turkumlab hozirgi davrda quyidagicha izohlash mumkin. Turizm
kishilarning doimiy yashash joylaridan sog’lomlashtirish, o’rganish yoki kasblari
bo’yicha haq to’lanmaydigan faoliyat sifatida vaqtincha mamlakatdan chiqishlaridir.
XIV asrdagi lug’atda qiziqarliroq bo’lgan ma’lumot bor «zavq olish uchun qiladigan
ishi bo’lmagani uchun, hattoki keyinchalik maqtanib yurish uchun sayohat qiluvchi
g’aroyib odamlar»- degan ta’rif mavjud.
Vebster tuzgan lug’atda «turist» so’ziga «zavq olish yoki qiziquvchanlik yuzasidan
sayohat qiluvchi kishi» deb ta’rif berilgan. Sayohat va turizm biznesning bir-biriga
aloqador sohalar majmui bo’lib, ular sayohatchilarga u yoki bu tarzda xizmat qiladi.
Bu ishda sayohatchilar agentligining muhimligi barchaga birdek ayon. Bevosita bu
ishga aviakompaniyalar ham jalb qilinadi. SHuningdek, mashina ijarasi, temir yo’llar,
avtobus bosib o’tadigan yo’llari, mehmonxona va restoranlar masalasi ham muhimdir.
Ushbu guruhning jami turizm tuzilmasini tashkil qiladi. Boshqa omillar reklama,
xukumat siyosati, umumiy iqtisodiy sharoit, valyuta kursi, davlatlarning o’zaro
munosabatlari, dam olish joyining xavfsizligi va obro’ e’tibori ham albatta turistik
biznes muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Turizm tarixi iqtisodiyot, texnologiya va
jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq. Sayohat texnologiyasining rivoji sayohatning tezligi
qulayligi va bahosini o’zgartiribgina qolmay, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham ta’sir
o’tkazadi. Sayohat XX asrda avtomobil va reaktiv dvigatelli samolyotlar xisobiga
zamonaviy tus oldi. Lekin qadim zamonlarda ham sayohat savdo-sotiq, jangu-jadal va
diniy maqsadlarda uyushtirib turilgan.
Vatanimiz va xorij ilmiy adabiyotlarida turizmning ta’riflari miqdori juda ko’p. Bunda
ko’plab mualliflar turizmni tanishuv, madaniy va ta’lim jihatidan tariflashadi.
Xorijiy adabiyotlarda turizmning umumiy muammolarini to’g’ri tushunish uchun
faqat tizimli yondoshish orqali maqsadga erishish mumkin deya ta’kidlashadi.
Frantsuz tadqiqotchisi Kaspar turizmning texnologik, siyosiy, ekologik, ijtimoiy,
iqtisodiy o’zaro aloqalarini aniqlab olishni taklif etadi.
Turizm masalalari bo’yicha xalqaro maslahatchi K.Rixter sohaga umumiy ta’rif berib,
doimiy yashash va ish joyidan boshqa joyda bo’lish, insonlarning sayohat qilishi bilan
bog’liq o’zaro aloqalar va holatlar kompleksi sifatida tavsiflaydi
1
.
Bunda K.Rixter turizm tadqiqotlarining alohida yo’nalishlarini ajratib ko’rsatadi va u
iqtisodiy fan uchun qiziqarli bo’lib, sayyohlar uchun ishlab chiqariladigan o’ziga xos
tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt faoliyatini o’rgangan. Bu esa
sayyohlik talabi tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq.
1975 yilda tashkil etilgan xukumatlararo Butunjahon Turistik Tashkiloti «tashrif
buyuruvchi» tushunchasini ishlatganda ikki guruh oqimni ajratishni tavsiya etgan. Bu
oqimlar:
•
sayyoh, ya’ni 24 soat muddatdan kam bo’lmagan muddatda dam olish,
davolanish, o’quv
yoki diniy faoliyat
, ishbilarmonlik uchrashuvi yoki sport
musobaqalarida ishtirok etish hamda qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida
yashash joyini tark etgan kishi;
•
ekskursant, tashrif buyurgan mamlakatida 24 soatdan kam bo’lmagan
muddatda bo’lib turgan vaqtinchalik tashrif buyuruvchi. Bu dunyo bo’ylab
sayohatga chiqqan kema yo’lovchisi portga kelgandan so’ng ekskursiya
qiluvchi kishidir. Bu toifaga havo yo’lovchilarini kiritmaydilar, huquqiy
jihatdan bu yo’lovchilar chegarani kesib o’tmaydi.
Bu holatni P.G.Oldak umumlashtirib quyidagicha ta’riflaydi: «turizm deganda hozirgi
zamon tushunchasi bo’yicha yashash va ishlash joyini o’zgartirish bilan bog’liq
bo’lmagan aholining barcha harakati turlari tushuniladi…»
2
.
Turizm — alohida iqtisodiy tarmoq, rivojlanishi iqtisodiy qonunlariga ega bo’lgan
xizmat ko’rsatuvchi tarmoq bo’lib, o’ziga ko’p tashkilotlarni biriktirgan faoliyat
ko’rsatuvchi sohadir
3
. 1989 yildagi turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasida turizm
tushunchasi: «bu doimiy yashash va ish joyidan kishilarning har qanday erkin ko’chib
yurishi, shuningdek, ushbu ko’chib yurishlar oqibatida vujudga keladigan ehtiyojlarni
qondirish uchun xizmat ko’rsatish sohasini yaratishdir» deb talqin etiladi.
Turizmga doir Amerika darsliklarida «turizm — xalqlarning hayotida katta
ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat; mamlakatlarga valyuta tushumi manbai; xizmat
ko’rsatish sohasidagi uchinchi industriya» tarzida ta’rif beriladi. Professor Karolin
Kuperning fikriga ko’ra, «turizm — xalqaro miqyosda samarali raqobat kurashi olib
borish uchun zarur bo’lgan, valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin
bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir». Amerika professori Jon Voker «turizm - bu fan,
san’at va biznes, xursandchilik uchun sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan
kishilarni jalb qilish, joylashtirish va ko’nglini ochishdir» deb ta’rif beradi. BMT
Statistika Komissiyasi «turizm — sayohat qiladigan va dam olish uchun, ish va
boshqa maqsadlar bilan bir yo’la bir yildan oshmaydigan davr mobaynida odatdagi
muhitdan tashqarida bo’lgan joylarga kelishni amalga oshiradigan shaxslarning
faoliyatini qamrab oladi» deb hisoblaydi
4
. ekspertlarning fikricha, ushbu keng
kontseptsiyadan foydalanish turizmni mamlakatlar o’rtasida, shuningdek bir
mamlakat doirasida ajratish imkonini beradi. «Turizm» tashrif buyuruvchilar
faoliyatining barcha turlariga, jumladan yotib qoluvchi keluvchilarga va bir kunga
keluvchilarga ham tegishli bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda turizmga turli
yondashuvlar mavjud bo’lib, uning mohiyati turlicha talqin etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Sayyohlik va turizm statistikasi bo’yicha
Xalqaro konferentsiyasining 1992 yilda Butunjahon Turistik Tashkiloti tasdiqlagan
hujjatlarida «Turizm bu — sayohatlar va sayohatchining odatdagi muhit doirasidan
tashqarida bo’lgan joylarga uzog’i bilan 12 oy muddatga o’sha erda haq to’lanadigan
faoliyat bilan shug’ullanishidan tashqari har qanday maqsadda kelishidir»
5
, deb ta’rif
beriladi. «Rossiya Federatsiyasida turizm faoliyatining asoslari to’g’risida»gi
qonuniga (1999 y) muvofiq «turizm — bu... fuqarolarning istiqomat joyidan,
sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, sport, diniy va boshqa maqsadlarda
vaqtinchalik borilgan mamlakatda (joyda) haq to’lanadigan faoliyat bilan
shug’ullanmagan holda vaqtinchalik jo’nab ketishi (sayohat qilishlari)dir»
6
.
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonunida, «turizm jismoniy
shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki
boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan
shug’ullanmagan holda bir yildan oshmagan muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi)
dir» deb ta’kidlanadi.
Turizmning ilk maqsadi tabiatni o’rganishdan boshlangan bo’lib, unga frantsuz olimi,
tadqiqotchisi Pifiy asos soldi (kelib chiqishi Massallik -hozirgi Marsel). U eramizdan
avalgi 320 yilda sayohatni ta’lim manbai sifatida ilk bor isbotladi, o’zi tajriba o’tkazdi
va sayohat qilib ko’p bilimlarga erishdi. Turizmning inson bilim darajasini
oshirishdagi ilmiy o’rnini asosladi.
Savdogarlarning karvon tuzib boshqa davlatlarga sayohat qilishi ham turizmga
mansub bo’lib, ularning maqsadi savdo-sotiq hisoblangan. Arab olimi Ibn Xaldunning
(1200—1300 yillar) fikricha, sayohat va turizm - davlat miqyosida tovar savdosini
rivojlantirish manbai bo’lib, karvonsaroylar qurish, savdogarlar orqali davlatga
qo’shimcha daromad keltirish demakdir. Amerika iqtisodchisi P. Rotou birinchilardan
bo’lib turizmga iqtisodiy voqelik sifatida e’tibor berdi, u turizmni mamlakatlar
rivojlanishining iqtisodiy bosqichlari va ularda turizm rivojlanishining o’ziga xos
xususiyatlari o’rtasidagi korrelyatsiyani aniqladi.
Hozirgi vaqtda turizmning iqtisodiyotga ta’sir qilish modeli nazariy kontseptsiyalarga
va gipoteza (taxmin)larga emas, balki statistik ma’lumotlarga asoslanadi. P. Rotou
amalda turizm iqtisodi tarafdorlarining barchasi tomonidan e’tirof qilinadi. Haqiqatan
jahon turizmi va iqtisodiyotining tub o’zgarishlariga qaramasdan, 1959 yildan boshlab
P. Rotou gipotezasi yangi statistik ma’lumotlar va hozirgi zamon tamoyillari bilan
tasdiqlanishi davom etmoqda.
Bugungi kunda xalqaro turizmning asosiy markazlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda joylashgan, bu erda turizm «o’rta sinf» ravnaqining belgilaridan biri va
ommaviy iste’mol mahsuloti bo’lib qoldi. P. Rotou bashorat qilganidek,
rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida daromadni ko’paytirish
vositasi, mahalliy aholi bandligining va infratuzilma rivojlanishining vositasi sifatida
ichki turizm tez rivojlanmoqda. CHet el turizmi xorijiy investitsiyalar bo’lgan
taqdirda rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |