Saylovda PR Saylov huquqi Saylov huquqi–konstitusiyaviy huquqning muhim institutlaridan biri. Saylov huquqining asosiy prinsiplari odatda Konstitusiyalarda mustahkamlab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasi aynan saylov tizimiga bag‘ishlangan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respubliksi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida” gi, “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar bevosita saylov huquqini tartibga soluvchi qonunlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |