Saylov tizimi



Download 61,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi61,95 Kb.
#565972
  1   2
Bog'liq
Saylov tizimi - Vikipediya



Saylov tizimi
Saylov tizimi — saylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi xuquqiy normalarning
majmui. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va
fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro
munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi
(qarang 
Saylov huquqi
). Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining
majoritar

proporsional
 va 
aralash
turlari qoʻllaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans.
majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash
tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati)
muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida
nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllaniladi.
Mac, 
AQSH

Buyuk Britaniya

Hindiston

Meksika
 va boshqalarda. Mutlaq koʻpchilik ovoziga
asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan
mutlaq (yoki oddiy) kup ovoz (yaʼni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar
nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, kayta ovoz berish utkaziladi, bunda
nomzodlar ruyxatida nisbatan kup ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Baʼzan qayta ovoz berish
urniga 2-tur ovoz berish utkaziladi, buning natijalari boshqacha tizim buyicha aniqlanadi
(masalan: Fransiyada Milliy majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq kupchilik ovoziga
asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan kupchilikning ovoziga asoslangan
majoritar tizim qullaniladi). Nisbatan kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda
tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan uz raqiblarining har biriga nisbatan kup ovoz olgani
saylangan hisoblanadi. Bu tizimda kupincha saylovchilarning qullab quvvatlashiga ega boʻlmagan
partiya parlamentda koʻp uringa ega bulishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir
kancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllaniladi. Shuningdek, majoritar
tizimning kamdan kam hollarda qoʻllaniladigan yana bir turi malakali kupchilik ovoziga (umumiy
ovozlarning 2/3, 3/4 ma'qullamoqismiga) asoslangan majoritar tizim ham mavjud (masalan:


Chilida
parlamentning quyi palatasi — Deputatlar palatasiga saylovlarda shunday tizim
qoʻllaniladi). Biroq, bunda faqat juda oz nomzodlar saylovchilarning 65% ovozini olishi mumkin
bulganligi uchun, mandatlar, odatda, vakillikning proporsional tizimi buyicha taqsimlanadi. Har bir
saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir mandatli yoki kup mandatli
majoritar saylov tizimlari bulishi mumkin. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat
saylanadi. Koʻp mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi.
Proporsional Saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib,
bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va boshqa
ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda
taqsimlanadi. Proporsional Saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir
partiya oʻz vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy
harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini
aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur
boʻlgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunda, shartga koʻra, muayyan
jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina
mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik
oʻrinlarining soniga boʻlinadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni maʼlum boʻladi. Keyin
har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir
mandati uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdoriga boʻlinadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki
ommaviy harakatga berilgan deputatlik oʻrinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi
amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi
belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib
chiqaradi. Bu oʻrinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy
olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional Saylov tizimi 
Isroil

Vengriya

Avstriya

Daniya

Ispaniya
,
Polsha
va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Aralash Saylov tizimi oʻzida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini
mujassam etadi. Masalan 
Germaniyada
 
Bundestagga saylovlarida
aralash tizim qoʻllaniladi.
Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov
okruglarida nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim boʻyicha, 2-yarmi esa, koʻp
mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subʼyektlari)da siyosiy
partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxati asosida proporsional tizim boʻyicha
saylanadi.
Aralash saylov tizimi 
Bolgariya

Gruziya

Litva

Italiya
va boshqa mamlakatlarda ham qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi
tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar saylov tizimi
qoʻllaniladi. Macalan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga


nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining
ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami
saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2
tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa,
yaʼni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar
nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror 
Markaziy
saylov komissiyasiga
 yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida
takroriy ovoz berish oʻtkazilad.
1. Haydarali Muhamedov. 

Download 61,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish