To’qqizinchi, yangi qonunga asosan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida o’z aksini topgan kuzatuvchilarning h’uquqlari belgilangan meyorlar quyidagi qo’shimcha bilan to’ldirilmoqda: «O’zbekiston ekologik h’arakatidan Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko’rsatish va ularni saylash bo’yicha O’zbekiston ekologik h’arakatining konferentsiyasida h’ozir bo’lish».
Bu qo’shimcha orqali mamlakatimizda 2008 yilda tashkil etilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o’zining 15 nafar deputatlik o’rniga ega bo’lgan O’zbekiston ekologik h’arakati saylovlarini h’am ochiq, oshkora tarzda o’tayotganligini keng jamoatchilikka, xususan xalqaro kuzatuvchilarga bildirish, ularni O’zbekiston ekologik h’arakatining konferentsiyasida ishtirok etishiga sharoit yaratish kabi maqsadlar mujassam.
Albatta, saylov jarayonlarini xalqaro meyorlarga mosligini ko’rsatadigan muh’im mezon bu – unda kuzatuvchilarning ishtirok etishi h’isoblanadi. O’zbekiston ekologik h’arakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo’yicha konferentsiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etishini h’uquqiy taminlanishi mazkur tanlovning yanada adolatli bo’lishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizdagi saylov qonunchiligiga asosan barcha saylov jarayonlarida kuzatuvchilarning ishtirok etishi uchun h’uquqiy asos yaratilgan, o’tkazilayotgan saylovlarda bir qator xorijiy mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etib, saylovlarni ijobiy bah’olashmoqda. Mazkur meyorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi kichik bo’shliqni to’ldirdi va saylovlarni yanada adolatli o’tishiga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi isloh’otlarning barchasi milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umumetirof etilgan xalqaro tamoyil va meyorlarga to’la mos h’olda o’tkazilishini taminlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda davlat h’okimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilishi qatiy belgilab qo’yildi. Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mah’alliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko’rsatilishi to’g’risidagi tamoyilial qoida mustah’kamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat h’okimiyati ijro organlari tomonidan ko’rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish yo’lidagi tamoyilial qadam bo’ldi44.
Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida h’am kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko’zda tutadigan o’zgartishlarning kiritilishi o’ta muh’im ah’amiyatga molik ulkan voqea bo’ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va h’okimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga qaratilgan h’ar qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi h’am buni yaqqol ko’rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |