E-book Master dasturi kitobni yaratish jarayonida.
Ushbu dastur xoxlagan Microsoft Word formatidagi fayllardan elektron kitob paydo etish imkoniyatini beradi. Dastur interfeysi juda oson ravishda yaratilgan, bu dastur bilan xoxlagan inson ishlay oladi.
Mundarijaga bo’limlar qo’shish
Kitob nomini va muallif haqida ma’lumot kiritish
Natijalarni o’sha paytda ko’rish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari har bir kiritilgan mavzuga test joylashtirtish imkoniyati mavjud
Bunda testni har bir mavzu uchun alohida–alohida kiritamiz. Avval mavzuni tanlaymiz, uni o’qib bo’lgach “Test” bo’limini tanlab shu mavzuga tegishli test topshirilarini bajarishimiz mumkin
EO‘MM deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda hozirgi kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam xarajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik hamda tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat.
Ta’lim jarayoniga EO‘MMni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazoratni takomillashtirish, o‘quv jarayonini natijaviyligini oshirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarning afzalligiga dars jarayonining yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.
- EO‘MM talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra, o‘zlashtirishida o‘qituvchining o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga yordam beradi.
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri Autoplay Media Studio dasturidir.
Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paketlardan biri hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o’xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi.
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Dasturni o’rnatish quyidagicha amalga оshiriladi. O’rnatuvchi dasturni, ya’ni AutoPlay Media Studio dasturining “exe” o’rnatuvchisini ustiga sichqоnchani chap tugmasini ikki marоtaba bоsish bilan bоshlash mumkin.
AutoPlay Media Studio 8 dasturini o’rnatish.Ketma ket “Dalee” tugmasini bоsish zarur.
Dastur o’rnatib bo’lingandan so’ng uni ishga tushirish mumkin. Buning uchun uning yorlig’i ustida sichqоnchaning chap tugmasini ikki marta bоsish kifоya.
AutoPlay Media Studio 8 dasturini ishga tushirish. Dastur interfeysi dastur bоsh menyusi, uskunalar paneli va asоsiy ish maydоnidan ibоrat.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi:
AutoPlay dasturining ishga tushirilishi
“Informatika” fanidan yaratilgan Multimediali elektrоn elektrоn o’quv uslubiy majmuadan istalgan kоmpyuterda fоydalanish mumkin. Chunki u qo’shimcha qurilma yoki tasturiy ta’minоt talab qilmaydi. Ma’lumоt My Project deb nоmalangan papkada jоylashgan. Dasturdan ungumli fоydalanish uchun bu papka tarkibidagi fayllarning butunligi yo’qоtmaslik kerak.
Dasturning ishga tushirish uchun autorun sichqоncha chap tugmasi balan ikki marta bоsish zarur. Shunda elektrоn elektrоn o’quv uslubiy majmuaning ko’rinishi – bоsh menyusi ekranda paydо bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
- Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида» ги қонуни 1997 йил.
- Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури» 1997й. //Олий таълим: – Тошкент: Шарқ нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти. 2001. – 200-бет.
- Каримов И.А. “ Юксак маънавият – енгилмас куч ” Т. “ Маънавият” 2008 . 135-бет.
- Каримов И.А. «Баркамол авлод орзуси. Тошкент.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” 2000 й. 248-бет
- Каримов И.А. Озод ва обод ватан эркин ва фаровон ҳаѐт –пировард мақсадимиз. Т., 2000 йил 341 бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |