Referat rejasi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - • kirish,
- • asosiy qism,
- • xulosa,
- • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,
- • ilovalar (referatning shart bo’lmagan qismi).
- Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi.
- Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir.
- Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |