Savollar va javoblar:
EXCEL dasturi nima va nima uchun ishlab chiqilgan?
Excel Microsoft Office dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U o’ziga elektron jadval, ilova, funksiya va grafiklar yaratish instumentlarni qamrab oladi. Excelning afzal tomonlaridan biri sanoat va ilmiy sohada keng qamrovda ishlatishidir. Ushbu elektron jadval nafaqat hisob kitobni bajarish uchun, balki turli, rejali dasturlar ta’minoti uchun ham ishlatiladi. Shunday qilib foydalanuvchi uchun MS Excelda boshqa dasturlar bilan o’zaro bog`liqlikda foydalanish imkoniyati mavjud. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo'lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa soxaga tegishli masalalarni yechish shuningdek formulalar bo’yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga xam katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |