SAVOLLAR SOHADAGI KAMCHILIKLAR ASOSIDA: XARAJATLI YONDASHUVNING KAMCHILIKLARI.
DAROMADLI YONDASHUVNING KAMCHILIKLARI.
QIYOSIY YONDASHUVNING KAMCHILIKLARI.
Xarajat yondashuvidagi xatoliklar va kamchiliklar:
Xarajatlar har doim ham bozor qiymatiga teng kelavermaydi.
Aniqroq baholash natijasiga erishishga urinishlar mehnat narxining tez o'sishi bilan birga keladi.
Baholanayotgan mol mulkni sotib olish xarajatlari bilan aynan bir xil mulkni yangi qurish xarajatlari o'rtasida nomuvofiqliklar mavjuddir, chunki baholash jarayonida qurilish qiymatidan yig’ilgan eskirish ayirib tashlanadi.
Eski binolarni ko'paytirish xarajatlarini hisoblash muammolari.
Eski bino va inshootlarning yig’ilgan eskirish miqdorini aniqlashning qiyinligi.
Binolardan er uchastkasini alohida baholash kabi bir qancha kamchiliklari mavjuddir.
Xarajatli yondashuvning yana bir kamchiligi, har bir usullarini alohida alohida hisoblab chiqish talab etiladi. Ob’yektning tiklanish qiymatini tog’ridan-to’g’ri yangi bino konstruksiyalarining holatidek hisobga olishga to’g’ri keladi, bunda baholash ob’yektini ko’zdan kechirmasdan turib, xulosa qilish qiyin kechadi.
Xavf omillarining prognoz qilinayotgan daromadga ta'siri;
O’xshash ob'ektlarning rentabelligi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ishning murakkabligi;
Daromadlarni baholash, bu holatda ko'chmas mulkni baholash, qulaylik va noyob ob'ektlarni baholashda ob'ektga egalik qilishning afzalliklarini baholash katta qiyinlik tug’diradi.
Qiyosiy yondashuvning kamchiliklari: Qiyosiy yondashuvning asosiy kamchiliklaridan biri bu analog sifatida olingan obyektlar haqida ma’lumotlarning yetarli emasligidadir.
Analoglar sifatida olingan ob’ektlar haqida ma’lumot qanchalik kam bo’lsa, baholanayotgan ob’yektning bozor qiymati shunchalik noaniq bo’ladi. Ba’zi bir analoglarning bozor qiymatidan ko’ra, ko’p holatlarda sotuvchi tomonidan belgilangan taklif narxi qo’yilgan bo’ladi, bunda baholovchi, albatta xaridor sifatida sotuvchi bilan ko’proq bog’lanib ma’lumotlar olishga intiladi, muzokaralar o’tkazadi. Eski ko’chmas mulk ob’yektlaring qachon qurilgan yili ham noaniq bo’ladi, ba’zilarida esa umuman kadastr xujjatlari ham bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda baholovchidan o’ta professionallik bilan yondashish talab etiladi.
Uchchalayondashuvuchunhamxatoliklarvakamchiliklarnibartarafetishbo’yichatakliflar: Ko’chmas mulk ob’yektlarini baholash jarayonidagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda yagona va shaffof bo’lgan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni qonuniy tarzda himoyalash va amaliyotga tatbiq etish, oxirgi 50-60 yil ichida qurilgan ob’yektlarning to’liq ma’lumotlarini shakllantirish va ushbu bazaga kiritish, qolaversa ko’chmas mulk bozoridagi sotuvga qo’yilgan har bir ob’yektning taklif narxi emas balki, haqiqiy bozor bahosini shakllantirish kabi o’zgarishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki baholovchi analog sifatida olgan ob’yektlari haqida ma’lumotlarni sotuvchidan xaridor sifatida emas aksincha, ma’lumotlar ba’zasidan bemalolmurojaat qilib olishi mumkin bo’ladiAniqroq qilib aytganda muammoni aylanib o’tish emas uni qonuniy yo’l bilan yechib o’tish maqsadga muvofiqdi.