SAVOLLAR:
1.Qadimgi SHarqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
2.Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar.
3.Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.
4.Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti.
5.Sharq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)ning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy ta’limotlari.
JAVOBLAR:
SHarq falsafasi asosiy e’tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish umuminsoniy ma’naviyat ekanligi ta’kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. SHarq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. SHu sababli unda insonning o‘zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “YOlg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi” kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‘lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‘zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va er turli narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan.SHunga o‘xshash fikrlarga SHarq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, Zardushtiylik ta’limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek “CHorvaka” qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, er, havo, butun borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta’limoti bilan hamohangdir.
Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “SHuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va’zxon bo‘lasan qolasan ”deb uqtiradi.
Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”;
Lao-szi: “YUksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”;
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob’ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi.
Beruniy tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan.Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan».Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni etarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi». Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me’yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida ob’ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, ob’ekt sub’ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |