Shmidt kamerasi (chapda) va Maksutov teleskoplari (o’ngda) ning optik
sxemasi.
Gardishsimon plastinkaning ko’zguga qaragan tomoni sirti aylana to’lqinsimon
shaklga ega (o’rtasidagi do’nglik uni o’rab turuvchi chuqurlik bilan o’ralgan).
Yassi to’lqin frontini plastina shunday o’zgartib o’tkazadiki, natijada sferik
aberrasiya, koma va astigmatizm to’la bartaraf bo’ladi. Bunday teleskopning fokal
tekisligi egri bo’ladi va unga fotoplyonka tortiladi, ya’ni fotoplyonkaga fokal sirt
singari egrilik beriladi. Shmidt teleskopining ko’rish maydoni birnecha o’n kvadrat
gradiusni tashkil etadi. Teleskop yulduzlar osmonini rasmga tushirishga
mo’ljallanganligi uchun u Shmidt kamerasi deb ataladi. Eng katta Shmidt kamerasi
Tautenberg Observatoriyasida (Germaniya) o’rnatilgan. Uning korreksion
plastinasi diametri 134 sm, sferik ko’zgusiniki esa 203 sm, F=4 m va A=1:3,
ko’rish maydoni 30,4 X 30,4 .
Do'stlaringiz bilan baham: |