Savollar: Optic teleskoplarning turlari va ishlash prinsipi


Ko’zguli-linzali teleskoplar



Download 0,96 Mb.
bet10/21
Sana21.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#72574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
astronomiya kursi oraliq

Ko’zguli-linzali teleskoplar

Sferik aberrasiyadan xoli teleskoplarni yasash ustidagi izlanishlar ko’zgulilinzali

teleskoplarning yaratilishiga sabab bo’ldi. Bunday turdagi birinchi teleskop

1930 yilda taklif qilingan bo’lib, u Shmidt sistemasi deb yuritiladi. Shmidt

sistemasi bosh ko’zgudan va uning egrilik radiusi markaziga o’rnatilgan shisha

plastinkadan tashkil topgan bo’lib, shisha plastinkaning bir tomoniga shunday

egrilik berilganki, natijada uning markaziy qismi yig’uvchi linza, gardishi esa

sochuvchi linza kabi ishlaydi. Bunday sistema, tasvirni sferik aberrasiya, koma va

astigmatizmdan xoli bo’lishini ta’minlashi bilan muhim hisoblanadi. Odatda

bunday sistemada buzilmagan (vinetirovaniesiz) katta ko’rish maydoniga erishish

uchun plastinkaning diametri 1 D ni ko’zguning diametri - 2 D nikidan kichik

qilinib, teleskopning o’lchami

2

1

D



D nisbat ko’rinishida beriladi. Sobiq Ittifoqda

Shmidt sistemasidagi birinchi teleskop Engelgardt (Estoniya) observatoriyasida

1938 yilda ishga tushirildi.

D. D. Maksutovning meniskli sistemasi, Sovet olimi D. D. Maksutov

tomonidan 1941-1944 yillarda kashf etilgan bo’lib, sferik bosh ko’zgudan va uning

fokal tekisligidan oldin o’rnatilgan optik kuchi taxminan nolga teng bo’lgan sferik

linzali meniskdan tashkil topgan. Bunday sistemada aberrasiyaning deyarli hamma

turi (sferik va xromatik aberrasiya, koma, astigmatizm) yo’qotilganligi bilan

boshqa sistemalardan afzal hisoblanadi. Minsk refraktorlarining axromatik

ob’ektivlariga nisbatan qariyb ming marta kam xromatik aberrasiyaga ega bo’lib,

oddiy shisha-krodedan qilinishi qulay. Meniskli sistemadagi teleskoplar

trubasining kattaligi, hashamatli minora (kupolo) talab qilmasligi, binobarin kam

xarajatligi bilan ham katta ahamiyat kasb etadi. Meniskli teleskoplarning o’lchami

12

ham Shmidt sistemasiniki kabi



2

1

D



D ko’rinishda yozilib, 1 D -meinskning diametrini,

2 D -esa bosh ko’zguning diametrini xarakterlaydi. Birinchi yirik meniskli teleskop

50/67 sm Olma-ota obsevatoriyasida, keyinroq, undan kattarog’i 70/100 sm lisi

Abastuman obsevatoriyasida ishga tushirildi. Kichik o’lchamdagi meniskli

teleskop maktablar uchun chiqariladi.

1-rasm

2-rasm

Astrofizik tekshirishlar osmon yoritqichlarining xususiyatlaridan chiqqan holda



kuzatish asboblari yaratishni taqozo etadi. Osmon yoritkichlari har xil yorug’likka

ega. Ularning yoritishi egallagan interval kengligi bir necha ming milliard birlikni

tashkil etadi. Quyoshning ko’rinma yulduziy kattaligi m0= -26.8m bo’lsa, tim

qorog’i tungi osmon bir yoy minuti kvadrat yuzasining yorug’ligi m0c=13m.50

(Quyosh yuzining oydinligi 150000 stilb va tim qorongi osmonniki 10-8 sb).

Astrofizik tekshirishlarning rivojlanishi yana ham xira manbalarni kuzatishni

taqozo etadi.

Ko’pchilik yulduzlarning yorug’ligi deyarli o’zgarmaydi, o’zgarganda ham

sekin o’zgaradi. Astrofizik tadqiqotlarda fizik laboratoriyadagi singari yorug’lik

manbalari nurlanish quvvatini xohlagancha o’zgartib bo’lmaydi. Ular qanday

yorug’lik sochsalar, shunday holda ularni qabul qilishga to’g’ri keladi. Biroq

yulduzlar nurini yig’ish va yorug’roq yulduz tasviri hosil qilish mumkin. Buning

uchun qo’yilgan masalalardan chiqqan holda nur yig’uvchi va tahlil qiluvchi

asboblar yaratish kerak bo’ladi.

Astrofizik tekshirishlarning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, tekshirish

asboblari (teleskoplar, nurlanish priyomniklari) mukammallashib, kattalashib va

sezgirlashib borayotgani natijasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinayotganini

ko’ramiz. Teleskop yasashda uni sifatli bo’lishi uchun maxsus shartlar qo’yiladi.

13

Masalan, yulduz tasvirini olaylik. Yulduzlar nuqtaviy nurlanish manbalaridir.



Teleskopning fokal tekisligida uning tasviri qancha kichik (ideal holda matematik

nuqta shaklida bo’lishi kerak) bo’lsa, tasvir shuncha yorug’ bo’ladi. Biroq eng

sifatli teleskoplarda ham yulduz tasviri kichik gardishcha shaklida bo’ladi, uni

yana ham kichraytirib bo’lmaydi. Buning ob’ektiv sabablari va o’tib bo’lmaydigan

jihatlari bor. Teleskopning loyihasi chizilayotganda ana shu ob’ektiv sabablar va

chegaralanishlar nazarda tutiladi. Yuqori sifatli teleskop yasashda qator

qiyinchiliklar borki, ularni to’la echib bo’lmaydi.

Quyida biz teleskopning asosiy ko’rsatgichlari, kamchiliklari va ularni

kamaytirish yo’llari bilan tanishamiz.

Teleskop yordamida mashaqqat bilan yig’ilayotgan nurlanish oqimini

oqilona metodlar bilan o’lchash va tahlil qilish kerak bo’ladi. Buning uchun

maxsus yasalgan nurlanish priyomniklari qo’llashga, kuchli kosmik “shovqin”

ichidan bizga kerakli yulduzning kuchsiz “ovozini” ajratib olishga to’g’ri keladi.

Bu jihatdan astrofizik tekshirishlar fizik laboratoriyada bajariladigan

tadqiqotlardan keskin farq qiladi. Astrofizik tekshirish ob’ektlarining

nurlanishi keng spektral diapazonni o’z ichiga olishi mumkin. Ob’ekt to’g’risida

to’la va aniq ma’lumotlar uning spektrini barcha qismlari (gamma nurlardan to

radionurlanishgacha) ni tekshirishdan olinishi mumkin. Bunday tekshirishlar

maxsus asboblar qo’llashni taqozo etadi. Keyingi boblarda biz astrofizik

tekshirishlarda qo’llaniladigan yordamchi asboblar va nurlanish priyomniklari

bilan tanishamiz.

14

Hozrigi zamonning eng katta optik teleskoplar

Teleskop Kuzgusi

metri, m


Bosh ko’zgusi

xususiyati

O’rnatilgan

joy


Loyiha

sheriklari

Bahosi,

mln. $


Ishga

tushirilgan yil

KECK I

KECK II


10

10

parabolik,



ko’psegmentli

(qurama),

aktiv

Mauna Kea,



Gavay, AQSH

AQSH 94


78

1994


1996

EKT


(to’rtta teleskop)

4x8.2 yupqa, aktiv Paranal, CHili EJO, 9 ta

Yevropa

davlatlari

200 1998

JEMINI,


SHimoliy

Janubiy


8

8

yupqa, aktiv Mauna Kea,



Sero Pachon,

CHili


AQSH (25%),

Angliya (25),

Kanada, CHili,

176 1998


2000

SUBARI 8.2 yupqa, aktiv Mauna Kea YAponiya 100 1998

KBT

(binokulyar)



2x8.4 Qalin

kataksimon

Grahm tog’i,

Arizona,


AQSH

AQSH, Italiya 75 1998

HET

(Hobbi-EbYerli)



11 Ko’psegmentli,

sferik


Foulkas tog’i,

Texas, AQSH

AQSH,

Germaniya



13.5 2001

AKT 6 qalin Rossiya 1976

JAKT 11 HET tipidagi SuzYerland,

Janubiy Afrika

Janubiy Afrika

Respublikasi

10 2005-2007

EKT 35 HET tipidagi AQSH 200 2012

100 Ko’psegmentli

(qurama), sferik

Germaniya,

Shvetsiya,

Daniya va b.

1000 2020




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish