Mavzudan savollar!!!
Mavzudan 1-savol: Biatlon so`zining ma`nosi nima?
Javob: Ikki kurash!
Mavzudan 2-savol: ,,Biatlon qiroli” laqabini olgan chang`ichi kim?
Javob: Ule Eynar Byorndalen!
Mavzudan 3-savol: Ayollar orasida eng ko`p jahon chempioni bo`lgan sportchi kim?
Javob: Magdalena Noyner!
Abbos Salaydinov uchun savollar!
1-bosqich!
1.1 Flamingolarning pushti rangini saqlab qolish uchun zooparklarda ularni nima bilan boqishadi?
Javob: Sabzi
1.2 Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?
Javob: Hashoratxo‘rlar!
1.3 O`zbek adabiyotida eng mashhur balladalarni yaratgan ijodkor kim?
Javob: Shuhrat!
1.4 Ummaviylar sulolasining ilk vakili kim?
Javob: Muoviya I !
Fransiyaning madhiyasi qanday ataladi?
Javob: Marselyeza!
2-bosqich!
2.1 Mayami-Bichda o‘ldirilgan modeler-dizayner kim?
Javob: Janni Versache!
2.2 Turkiydagi bala igezdan qaysi so`z yasalgan?
Javob: Bliznets!
2.3 ,,Inter” safida to`p surgan ,,Xitoylik” laqabli futbolchi kim?
Javob: Alvaro Rekoba!
2.4 Jeyms Bond haqidagi turkum asarlar muallifi kim?
Javob: Yan Fleming!
2.5 Yunon mifologiyasida uzumchilik xudosi kim?
Javob: Dionis!
3-bosqich!
3.1 Isitish moslamasi yoki kiyim turlaridan birining nomi qanday ataladi?
Javob: Sandal!
3.2 Buase va dyushes qaysi mevaning navlari hisoblanadi?
Javob: Nok!
3.3 Chayonlar hayvonlarning qaysi sinfiga kiradi?
Javob: O’rgimchaksimonlar!
3.4 Tarixda ,,temir” laqabini olgan ikki mashhur siyosatchi kim?
Javob: Otto fon Bismark (Temir kansler) va Margaret Tetcher (Temir xonim)!
3.5 ,,Qorako`z Majnun” asari muallifi kim?
Javob: Said Ahmad!
4-bosqich!
4.1 Qaysi raqs Misrda muhim daromad manbalaridan biri hisoblanadi?
Javob: Qorin raqsi!
4.2 Suv polosida darvozabonlar qaysi rangdagi qalpoqni kiyishadi?
Javob: Qizil!
4.3 Puni urushlari qaysi ikki davlat o`rtasida bo`lib o`tgan?
Javob: Qadimgi Rim imperiyasi va Karfagen!
4.4 Aruz vazniga bag’ishlangan “Mufassal” asari kimga tegishli?
Javob: Z.M.Bobur!
4.5 Qaysi davlat ispan shahzodasi sharafiga nomlangan?
Javob: Filippin!
5-bosqich!
5.1 O`zbek tilshunosligida nimalar 10 ta?
Javob: Tinish belgilari!
5.2 Grek tilida ,,barmoq” so`zi qanday aytiladi?
Javob: Daktil!
5.3 Qaysi avtobrend nomi ,,chayqalmoq” so`zidan kelib chiqqan?
Javob: Volvo!
5.4 Qadimgi Rimliklarda xotin-qizlar homiysi bo’lgan ma’buda kim?
Javob: Yunona!
5.5 “O’zbekiston iftixori” unvoni nechanchi yili ta’sis etilgan?
Javob: 1998 yil!
Do'stlaringiz bilan baham: |