Savollar: Lutfiyga Navoiy qanday ta’rif bergan



Download 26,04 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi26,04 Kb.
#695816
Bog'liq
Lutfiy madi


Madinabonu Sayidaxmedova
SEMINAR MASHG’ULOT: LUTFIY HAYOTI VA IJODI

Savollar:


1.Lutfiyga Navoiy qanday ta’rif bergan.
2.Lutfiyning lirik devoni nusxalari
3.Shoir ijodida janrlar takomili.
4.Lutfiy badiiy mahorati
5. Lutfiy lirikasida tuyuq janrining o’rni qanday?

1. Mavlono Lutfiy o’zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biridir. Shoirning hayoti va faoliyati haqida Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois», «Muhokamatullug’atayn», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xutbai davovin», «Badoye’ ulbidoya» devoni debochasi va boshqa asarlarida, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro», Xondamirning «Habibus-siyar», «Makorimul- axloq», Abdulla Kobuliyning «Tazkirat -ut tavorix», Shamsuddin Somiyning «Qomusula’lom», Vosihning «Majmuai manzum va mansur», Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul- balog’a» singari qator manbalarda ma’lumotlar uchraydi.
Mavlono Lutfiyning zamondoshlaridan bo’lgan ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida shoirning to’qson to’qqiz yil umr ko’rgani, hayotining so’ngida forsiyda «Oftob» radifli g’azal yozgani va zamon shoirlari unga tatabbu’ qilganliklari, yigitligida zohiriy ulum tahsilidan so’ng Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy qoshida so’fiya tariqatidan tahsil olgani hamda Hirot chekkasidagi Dehikanor degan joyda dafn etilganligi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi.

2. Alisher Navoiy shoirning «turkcha devoni ham mashhurdir»,– deya ta’kidlaydi. Lutfiy turkiy tildagi she’rlarini jamlab, devon tartib bergan. Shoir devonlarining bir necha qo’lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan. Bizgacha shoirning 16–20-asrlar mobaynida ko’chirilgan turkiy devonining 33 qo’lyozma nusxasi yetib kelgan bo’lib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo’lyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxo’jaevning aniklashi bo’yicha, Lutfiy qalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) g’azal janrida yozilgan. Mavlono Lutfiy devonining hoziigacha ma’lum nusxalarida 372 g’azal, 3 qasida, 115 to’rtlik, 60 fard va ruboiy, tuyuq, qit’a kabi janr namunalari uchraydi.

3. Lutfiy gʻazallariga muxammaslar bogʻlash Munis, Ogahiy, Ravnaq va Amiriy ijodlarida ham uchraydi. Shu yoʻnalishda bizga zamondosh boʻlib yashagan Charxiyning ham manzur muxammaslari bor. Shoir gʻazallari maqom va xalq kuylari bilan ijro etiladi. Ularga muosir bastakorlarimiz ham kuylar yozganlar. Lutfiy devoni va undan saylanmalar oʻzimizda bir necha bor, soʻng Turkiya va Sharqiy Turkistonda ham chop etilgan. 
Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy
miqdori 2 ming 774 baytdan ortiq. Buning 2086 baytini, ya’ni 60 foizga yaqinini g‘azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan.
Qit'a: Bеrmag’il dеrlar vafosizga ko’ngul
Kim, aning no’shindin ortuq nеshi bor.
Uzmagaymеn la'lidin o’lsam umid,
Jon mеning jonim, kishining nеshi bor.

4. Lutfiy g’azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an’analar bilan xalq og’zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning g’azallarida milliy histuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qayg’u va shodlik tasviri takrorsiz bir ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gazallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a, fardga o’xshash boshqa janrlardagi she’rlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning – zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuyg’ularini tarannum etgan. Shoirning:


Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, kabi misralarini o’qiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga ba’zan ishonish ham qiyin bo’ladi. Chunki ular shu darajada sodda, og’zaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qit’alarini ham san’at namunasi maqomiga ko’tara olgan.

5. Lutfiy ijodida tuyuq janri alohida o’ringa ega, Quyida uning ayrim tuyuqlarini tahlil qilamiz:


Tuyuq:
Bir nazar qildim, qul o’ldum oya mеn,
Ul sababdin jonu dilni oyamеn.
Gar mеni shohimga еtkursa xudoy,
Hazratingda sarguzashtim oyamеn.
Bunda birinchi misrada oya men - oyga man, ikkinchi misrada oyamen – ayayman, uchinchi misrada esa oyamen – aytaman degan ma’nolarda kelgan. Bunda bu misralardagi shakldosh so’zlar ohoriy shakldosh, ya’ni bir martalik shakldosh hisoblanadi.
Lutfiy ijodiga oid test

  1. Kim qaysi asarida “Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-klomi erdi, forsiy va turkiyda nazri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdir” deb yozadi?

A) Navoiy “Majolis un-nafois”
B) Bobur “Boburnoma”
C) Navoiy “Nasoyim ul- muhabbat”
D) Fazliy Namangoniy “Majmuat ush-shuaro”
2. Kim qaysi asarida Lutfiy haqida “To‘qson to‘qqiz yoshida olamdan o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi” deya ma’lumot beradi?
A) Navoiy “Nasoyim ul- muhabbat”
B) Bobur “Boburnoma”
C) Navoiy “Majolis un-nafois”
D) Fazliy Namangoniy “Majmuat ush-shuaro”
3. Lutfiyning radifi to‘rt so‘zdan tashlik topgan g‘azali qaysi?
A) “Xoh inon, xoh inonma”
B) “Bu ko‘ngildur, bu ko‘ngil”
C) “Ne bo‘lursan”
D) “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu”
4. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli g‘azaliga kim nazira bitgan?
A) Mashrab
B) Nodira
C) Furqat
D) Fitrat
5. Lutfiyning qaysi g‘azali ham mumtoz yo‘lda, ham zamonaviy Estrada usulida ashula qilingan?
A) “Xoh inon, xoh inonma”
B) “Bu ko‘ngildur, bu ko‘ngil”
C) “Ne bo‘lursan”
D) “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu”
Download 26,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish