Liviya vs Chad ishi
Buni Xalqaro Sud statutining 1994-yilda Liviya va Chad o`rtasidagi hududiy masalani hal qilganida ham ko`rishimiz mumkin. ushbu ishda Liviya Aouzou Strip nomli Chadga qarshli hududga da’vo bilan chiqqan. O`z harakatlarini esa bu hudud Usmonli turklar imperiyasi va Italiya agressiyasi davrida Liviyaga qarashli bo`lganligi, bu hududda Chad yetarli darajada siyosiy nazoratni ta’minlamaganligini keltirilgan. O`z navbatida Chad esa 1955-yilgi Liviyaning Fransiya bilan tuzgan Do`stona munosabatlar va yaxshi qo`shnichilik to`g`risdagi Shartnoma faqat 1955-1975-yillarda amalda bo`lganligini bilan asoslagan. Xalqaro sud o`z navbatida 1955-yilgi Liviyaning Fransiya bilan tuzgan Do`stona munosabatlar va yaxshi qo`shnichilik to`g`risdagi Shartnoma faqat 1955-1975-yillarda amalda bo`lganligidan kelib chiqib, Aouzou Strip hududini Chad hududiy suvereniteti deb qaror chiqargan. Shu asoslardan kelib chiqib, “A” davlatning harakatlari asossiz hisoblanadi. Shuningdek, “B” davlat tarkibidagi “X” qabila " xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi” prinsipiga muvofiq mustaqil bo`lish huquqiga ega, ammo buni qabila boshliqlari emas, millat, xalq hal qiladi, ya’ni bunda referendum, pelebitsey kabi tadbirlar o`tkazilishi lozim. Shuningdek, bunda oddiy shartnoma bilan bir davlat tarkibidan boshqa davlat tarkibiga qo`shilib bo`lmaydi. Zero bu ikkinchi muhim prinsip bo`lgan “hududiy yaxlitlik” prinsipiga zid hisoblanadi.
Казус 5
“А” ва “Б” давлатлар 1955 йилда колониал тизимидан озод бўлганларидан сўнг, Дўстлик ва яхши қўшничилик ҳақида шартнома имзолашади. Ушбу шартноманинг ўзида давлатлар ўртасида чегара белгиланмаган бўлса ҳам, шартноманинг тайёрлов ишларида “А” ва “Б” давлатлар чегара ушбу давлатлар орасида ўтган дарё орқали ўтганлигини таъкидлашади. 1978йил “А” давлат “Б” давлат ҳудудида жойлашга олтинга бой “Х” ҳудудни эгаллаб олади ва ушбу ҳудудда жойлашган маҳаллий қабилалар бошлиқлари билан уларнинг “А” давлатга қўшилиши ҳақида шартнома имзолатади. “Б” давлат “А” давлатнинг ҳаракати ноқонунийлигини таъкидлайди. “А” давлати эса ушбу давлатлар орасида чегара белгиланмаганлигини, “Б” давлатнинг “Х” ҳудудида яшовчи маҳаллий қабилалар “А” давлатига қўшилиш учун шартнома имзолаганликларини, “А” давлати аҳолиси “Б” давлат аҳолисидан 10 баробар кўплигини ва бу ҳудуд иқтисодий жиҳатдан “А” давлатга зарурлигини таъкидлайди. Ушбу иккита давлат бу ҳолат бўйича Халқаро Судга мурожаат қилишади.
Do'stlaringiz bilan baham: |