O’rta darajali dasturlash tillari
Ko'rinib turibdiki, bu tilda dastur tuzish ancha mashaqqatli ekan. Buning asosiy qiyinchiligi - buyruqlarning raqamlar yordamida ifodalanishi, har bir amalni bajarishda jamlagichdagi sonli qiymatning qaysi o'zgaruvchiga tegishliligini va boshqa o'zgaruvchilarning qiymatlari qaysi adresda joylashganini dastur tuzuvchi hamma vaqt bilishi talab etiladi. Mazkur holatdan chiqish va dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar tizimini yaratish, ularni qo'llash masalasi qo'yildi va hal qilindi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Mazkur tillarning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida tuzilgan dastur boshqa tillarda tuzilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo'lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |