9.Мояк (тухумдон) артериясини тасвирланг?
** Moyak (tuxumdon) arteriyasi (a. testicularis) (a. ovarica) ingichka uzun arteriya bo'lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda moyak arteriyasi chov kanalidan o'tib, urug' tizimchasi tarkibida moyakka boradi. Undan siydik yo'liga (rr.oreterici) va moyak ortig'iga (rr.epididymalis) chiqadi. Moyak arteriyasi urug' olib ketuvchi nay va kremaster arteriyalari bilan anastomozlashadi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osiltirib turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi. Undan siydik yo'liga (rr.ureteriri) va bachadon nayiga (rr.tubarii) chiqadi. Tuxumdon arteriyasi bachadon arteriyasining tuxumdon shoxi bilan anastomozlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |