Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ma’ruza - talabalarga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratiladi. Unda ko‘proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o‘qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo‘lgan masalalar ko‘rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko‘pincha o‘rtа mахsus, oliy o‘quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki yakuniy attestatsiyalar oldidan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |