Savol va topshiriqlar:
Word muharriri qaysi firma mahsuli hisoblanadi va uning qanaqa versiyalarini bilasiz?
Word muharriri qaysi operatsion tizim muhitida ishlaydi?
3. Word muharriri asosiy tushunchalari tavsifini aytib bering.
4. Word muharriri qanday imkoniyatlarga ega?
5. Hujjatga har xil shriftlar bilan qanday ishlash mumkin?
6. Wordda matndagi biror jumlani izlab topish va uni almashtirish mumkinmi?
7. Wordda obyektlar bilan ishlash deganda nimalar nazarda tutilgan ?
Javoblar
Microsoft Word dasturi hаr xil ko’rinishdаgi оddiy vа murаkkаb mаtnlаrni kiritish va ularni tаhrirlаshgа
mo’ljаllаngаn mаtn protsessoridir.
Bu dastur Microsoft kompaniyasi mahsuli bo’lib, ko’p yillar mobaynida takomillashtirildi va hozirgi
kunda uning quyidagi versiyalari mavjud:
Word 7.0 (Office 95);
Word 8.0 (Office 97);
Word 2000 (Office 2000);
Word 2002 (Office XP);
Word 2003 (Office 2003);
Word 2007 (Office 2007);
Word 2010 (Office 2010).
WINDOWS Operatsion sistemasi muxitida ishlaydi. U matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzlab amallar bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan protsessor hisoblanadi.
3. WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:
•Avtomatn - matn kiritilayotganda ayrim so'z, tushuncha va jumlalarni bir necha bor yozishga to'g'ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug'i ularni qayta yozadi.
•Avtomuharrir - matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to'g'irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
•Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo'lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariladi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
• Formatlash - bu hujjat shaklini o'zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi
zarur bo'lgan so'z va tushunchalarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi
masofalarni o'zgartirish mumkin.
•Avtoformat - mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul - har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo'lishi mumkin.
Konteks menyusi - “sichqoncha” ning o'ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan obyektga mos ravishda menyu ham o'zgarib turadi.
“Sichqoncha” - hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo'lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo'ladi.
4. Word muharriri imkoniyatlari:
Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko'zdan kechirish;
Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
Formatlash usullaridan foydalanish ;
Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
Blankalarni tayyorlash ;
Jadvallar bilan ishlash;
Zarur holda yordamchi ko'rsatma berish;
Formulalar yozish;
Imloni tekshirish;
So'zlarni bo'g'inlab ko'chirish;
Windows ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;
Word Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish
Har bir hujjat yaratilgandan so’ng nomlanmasdan kompyuter xotirasiga saqlanmaydi. Siz ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga saqlashingiz uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishingiz kerak. Yaratilgan hujjatlarni nomlash uchun, yaratilishiga qarab yo’l tutiladi. Agar hujjat birinchi yo’l bilan yaratilsa nomini almashtirish haqida Windows ning ogahlantirishini siz hujjat nomi avtomatik tarzda niqobga olinishi bilan kuzatishingiz mumkin. Bundan keyin siz hujjat nomini almashtirishingiz mumkin. Ba’zan foydalanuvchi ayrim sabablar tufayli bunga bee’tibor bo’lib bu yordamdan bedarak qoliadi. Bunday holatda hech xavotirga o’rin yo’q. Microsoft kompaniyasi bu holatlarni ham hisobga olib qo’ygan. Siz hujjatni nomini almashtirish uchun Windows yordamisiz xam amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun hujjatni sichqoncha yoki klaviatura tugmalari yordamida belgilab (niqobga olingan holda ajralib turadi) F2 funksional tugmasi bosiladi. Hujjat nomining o’zi alohida hiqoblanadi – bu kursor hujjat nomini o’zgartirish holatiga o’tganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |