using namespace std;
int main(){
float sum=0;
int n=1, R=17;
for(int x=0; x<=10; x++){
sum+=(pow(x,2)+pow(-1,R))/(pow(R+3,2));
n++;
}
cout << sum;
}
4-Topshiriq
n=20, i=[0,n], j=[0,n], xi=i, yj=j oraliqlarda zi,j=sin(xi)+ yj/2
5-Topshiriq
Quydagi chizmalarni Autocad dasturida chizish
Dasturning mana shu ikki funksiyasidan foydalanish jarayoni ham xuddi shu, yuqoridagidek tartibda boradi. Ya’ni “Вычитание” (“Ayirmasi”) – “ ” funksiyasidan foydalanishimiz uchun uni avval tanlaymiz. Konusni tanlab “Enter” tugmasi bosiladi, shundan so’ng ikkinchi ob’yektni tanlsh uchun buyruq berishimiz mumkin boladi, keyin ikkinchi ob’yektni ya’ni tekislik o’rnida qaralayotgan prizmani belgilaymiz va “Enter” tugmasini bosamiz. Natijada konusning tekislik bilan kesishgandan so’ng qolgan izini ko’satib beradi. Parabollaing o’zinigina xosil qilishimiz uchun esa - “Вычитание” (“Ayirmasi”) – “ ” funksiyasidan foydalanamiz. Buning uchun esa “Вычитание”ni tanlaymiz, ikkala ob’yektni ham tanlab olamiz, “Enter” tugmasini bosamiz, natijada ikkita sirtning kesishgan o’rni – parabola xosil bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan misolimda dars jarayonida o’quvchilarga tekislikning qay holatda o’tayotganligini ko’rsatish mavzuni to’g’ri tushunib tasavvurga ega bo’lishlariga erishish uchun tekislik qilib olingan prizmadan foydalandim.
Quyida AutoCAD dasturida tayyor “qirqish” imkoniyatidan qanday tartibda foydalanish yoritilgan:
1. Dasturni 3D interfeysiga o’tkazib olib unda berilgan radius va balandlik asosida konus yasab olamiz(6-rasm).
6-rasm
2. Dasturda mavjud bo’lgan o’ngdan ko’rinishini tanlab konusni frontal ko’rinishga keltirib olamiz(7-rasm). Yuqoridagi asosiy menyular qatoridan “Изменить” menyusiga kiriladi, undan “3D операцмии” tanlanadi, yana imkoniyatlari qatori ochiladi, “Разрез” duyrug’i tanlanadi.
7-rasm
3. Shundan so’ng kursorni shakli kvadrat ko’rinishiga keladi, ob’yekt tanlanadi, “Enter” tugmasi bosiladi(8-rasm).
9-rasm
4. “Enter” tugmasi bosilgandan so’ng konus ustidan tekislikning yo’nalishi ko’rsatiladi va yana “Enter” tugmasi bosiladi(10-rasm).
10-rasm
5. Dastur oynasini hajmli ya’ni 3D holatiga keltirib olib uni holatini ko’rishimiz mumkin(11-rasm).
11-rasm
Buning afzallik tomoni shundaki konusning ikki bo’lagida alohida amallar bajarishimiz mumkin(12-rasm).
12-rasm
13-rasm
14-rasm
Huddi shu tartibda konusni har xil xolatlar orqali kesib o’quvchilarga ikkinchi tartibli egri chiziqlarni hosil bo’lishini osonlikcha tushuntirishga muvaffaq bo’lamiz.
2.3. Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo’limida Auto CAD dasturining uch o’lchamli imkoniyatlarini
qo’llash va uning ahamiyati
Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bob uchinchi qismida Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturining avfzalliklari, qulayliklari hamda o’ziga xos kamchiliklarini hisobga olgan holda AutoCAD dasturining uch o’lchamli imkoniyatlairini chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo’limida quyidagi metodni qo’llash orqali uning ahamiyatini ko’rib chiqamiz.
Tayyor chizmaga qarab huddi ta’rifi yozilgandek detal haqida batafsil ma’lumot olishga harakat qilinadi. Detalning chizmasini sinchiklab ko’rgan sari u haqida yana ham to’liqroq tasavvur hosil qilinadi. Chizmani o’qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o’rganishga yordam beradi. Fazoviy tasavvurni yaxshi o’stirishga va chizmalardagi barcha shartliliklarni to’liqroq o’zlashtirishga imkon yaratadi va o’quvchining chizmani tez o’qiy olish qobiliyatini o’stiradi.
Umuman chizmalarni o’qish – chizmada tasvirlangan detalning shaklini to’liq tasavvur qilishga va uning konstruktiv xususiyatlarini aniqlashga, chizmaga qo’yilgan hamma o’lchamlarni o’qishga, ular detalning qaysi qismiga doirligini aniqlashga o’rganishdir. Bulardan tashqari chizmani o’qish natijasida detalning nomi, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi.
Chizmani o’qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko’proq chizmalarni tahlil qilishga o’rganish kerak.
Ko’pincha detallar ikkita ko’rinishda chiziladi. Bunday chizmalarni o’qish uchun chizmada tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi ko’rinishini yasash yo’li bilan amalga oshiriladi.1
A. Ashirboyev.Chzimachilik kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent Yangi nashir. 2008yil
Detalning berilgan ikkita ko’rinishga asoslanib, uchinchi ko’rinishini aniqlash. Quyida (1-rasm) detalning ikki ko’rinishi grafik topshiriq sifatida variant ko’rsatilgan. O’quvchilardan uning ikkita ko’rinishi asosida uchinchi ko’rinishi topilishi talab etilmoqda. Kuzatishlar natijasida shunga amin bo’ldikki o’quvchilarga berilgan ushbu variant vazifa qilinib berilganida, o’quvchilar vazifani bajarishga anchayin iynashdi, ba’zilar esa umuman vazifani oxirigacha ishlab bera olmadilar. Shuning natijasida bizdan o’quvchilarga to’g’ri yo’nalish berish, uni ishlash yo’li haqida eng maqbul yechimni ko’rib chiqish zarurligi talab etiladi. Bunda biz rahbarim bilan masalani umumiydan xususiyga qarab olib borish yo’lini tanladik.
1-rasm
Buning uchun birinchi navbatta detalning ikki ko’rinishida uning gaybarit o’lchamlari asosida ya’ni balandligi, uzunligi va eni asosida butun prizma qurib olinadi. Shundan so’ng shu ikki ko’rinishi asosida detalning pastki tarafining o’ng tomonidan o’lchamlari asosida prizma qirqib olinadi. Keying navbatda uning o’rtasidan o’tgan o’yiq o’yib olinadi. Ish oxirigacha shu tartibda boradi. Oxirgi natija shunga olib keladiki detalning uchinchi ko’rinishi xatosiz aniq xosil bo’ladi.
1- bosqich 2-bosqich
3-bosqich 4-bosqich
5-bosqich 6-bosqich
7-bosqich 8-bosqich
Detalning yaqqol tasviri
Detalning berilgan ikki ko’rinishi asosida uning yetishmovchi uchinchi ko’rinishini topishning bunday usuli, ya’ni umumiydan hususiyga qarab boorish o’quvchining shunday grafik amallarni bajarish jarayonida oldida paydo bo’ladigan muammoni bemalol mustaqil yecha olishiga olib keladi. Budan tashqari masalining yechimi to’g’riligining darajasi avvalgidan ko’ra yuqoriroq va aniqroqdir.
III BOB. CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURINING UCH O’LCHAMLI
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANIB O’QITISHDA
TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1. Chizmalarni AutoCAD dasturining uch o’lchamli funksiyalarini o’rgatish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
Bitiruv malakaviy ishimning tajriba-sinov ishlari Toshkent Xamza Temir Yo’l kasb-hunar kolleji bazasida 2012-2013 o’quv yili davomida o’tkazildi. Tajriba “Texnik chizmachilik” fani bo’yichaturli ta’lim yo’nalishlaridagi 1-kursning 2 ta guruhida olib borildi va unda 57 nafar o’quvchi qatnashdi.
Tajribasinov jarayonida foydalanilgan asosiy material kasb-hunar kollejlar uchun “Ortogonal proyeksiyala” hamda “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzulariga doir tarqatma material va grafik topshiriqlardan iboratdir. Biz tajribasinov jarayonini tashkil etishda nazorat guruhlarida ham, tajriba guruhlarida ham o’quvchilarning soni, “Ortogonal proyeksiyala” hamda “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzularini o’qitlish darajasi hamda turli xil ko’rinishdagi mavzuga doir topshiriqlarni to’g`ri bajarish malakalari bir xil bo’lishiga e`tiborimizni qaratildi.
Ilmiy tadqiqot ishi ikki bosqichda olib beriladi:
– Birinchi bosqichda muammoga taaluqli ilmiy-nazariy manbaalari, to’plangan tajribalar o’rganildi hamda tadqiqotning tahminiy ilmiy farazi aniqlandi, pedagog ilmiy tadqiqot usullari yordamida o’rganish uchun nazorat va tajriba guruhlari belgilandi. Muammoni yechishga oid asosiy yondashuvlar taklif etildi va eksperimentning aniqlovchi bosqichi o’tkazildi.
– Ikkinchi bosqichda “Texnik chizmachilik” fani darslarida majburiy grafik topshiriqlar va boshqa grafik amallardagi yo’l qo’yilayotgan xatoliklar va kamchiliklarga oid ma’lumotlar to’plandi. Amaliy ahamiyatga oid na’munalar aniqlab chiqildi va tahlil qilindi. Chizmachilik fanining ishchi dasturlaridagi bitiruv malakaviy ishimga bog’liq ya’ni mos ayrim yirik mavzular tanlab olindi va shu mavzular yuzasidan o’quvchilarda uchraydigan savol, qiyinchilik va muammolarning oldini olish borasida tavsiyalar ishlab chiqildi va ta’lim jarayonida sinab ko’rildi. Eksperiment amalga oshirildi, umumlashtiruvchi nazorat sinovi o’tkazildi, o’tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilindi va xulosalar chiqarildi.
Kasb-hunar kollejlarida o’qituvchilarning ish tajribasini kuzatganimizda guruhlarda mustaqil grafik ishlari sifatida asosan test topshiriqlar bilan cheklanilganligini aniqlashga muvaffaq bo’ldik. Chizmachilk fani uchun o’quvchining fazoviy tasavvurini kengaytirish muhim masal bo’lganligi uchun tajrib-sinov ishlarimda tarqatma materialdan foydalanishga qaror qildim. Umuman olganda bitiruv malakaviy ishimning asosiy maqsadi shundan iboratki o’quvchilarda chizmalarni osonlik bilan tushunish, chizmalarni o’qishlarini tezlashtirish, dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanibdars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib vaqtdan yutishga muvaffaq bo’lish hisoblanadi.
Tajriba-sinov ishlarini dars mashg’ulotlarida olib borishdan avval, bitiruv malakaviy ishimning II Bobi ya’ni detalning tayyor ikki ko’rinishi asosida uning uchinchi ko’rinishini topish yuzasidan Ishlab chiqilgan metodika asosida o’quvchilarga tushuntirish ishlari olib borilgandan so’ng tajriba natijalarini solishtirish analiz qilish talab etiladi
3.2. Kasb-hunar kolejlarida chizmachilik darslarining “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzusiga Auto CAD dasturining uch o’lchamli modellash interfeysidan foydalanib samarali dars tashkil etish
Birinchi navbatida “Ko’rinishlar” haqida umumiy ma’lumotlarni nazariy tarzda o’quvchilarga eslatib o’tamiz. Kuzatuvchiga nisbatan buyum sirtidagi ko’rinadigan qismlarni tekisliklarda tasvirlanishi ko’rinishlar deyiladi. Chizmalardagi proyeksiyalar ham ko’rinishlar deb ataladi. Ko’rinishlar chizmada GOST 2.305-68 ga muvofiq joylashtiriladi.
Asosiy proyeksiyalar tekisligi sifatida kubning olti yog’i qabulqilingan, yoqlar tekisliklar bilan qo’shiladi va ular qutidagicha nomlanadi.
1. Asosiy yoki bosh ko’rinish. Bunda buyumning frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasviri ifodalanadi. Buyumning qolgan ko’rinishlari bosh ko’rinishga qarab joylashtiriladi. Bosh ko’rinish shunday tanlanishi kerakki, buyum haqida boshqa ko’rinishlarga nisbatan ko’proq ma’lumot va mumkin qadar to’laroq tasavvur berishi lozim.
Ustdan ko’rinish. Bunda buymning gorizontal proyeksiya tekislikdagi tekislikdagi tasviri ko’rsatiladi, u bosh ko’rinishning ostida joylashtiriladi.
Chapdan ko’rinish – bosh ko’rinishning o’ng tomonida, o’ngdan ko’rinish – bosh ko’rinishning chap tomonida, pastdan ko’rinish – asosiy ko’rinishning yuqorisida va orqadan ko’rinish – chapdan ko’rinishning o’ng tomonidanjoylashtiriladi. Chizmada hamma ko’rinishlar proyeksion bog’lanishda bo’ladigan qilib joylashtirilishi zarur.
2. Qo’shimcha ko’rinishlar. Bizga ma’lumki, har qanday chizma asosiy proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Agar detallning biror qismi asosiy proyeksiyalar tekisligiga o’zgarib proyeksiyalansa, uni asosiy proyeksiyalarda ko’rsatmaslik ham mumkin, u holda yangi qo’shimcha tekislik tanlashga to’g’ri keladi. Qo’shimcha ko’rinish asosiyproyeksiyalar tekisligidan birortasiga ham parallel bo’lmagan qo’shimcha tekislikda ko’rsatiladi.
Detalning asosiy proyeksiyalar tekisliklariga o’zgarib proyeksiyalanadigan qismini o’zgartirmasdan, yangi tanlangan qo’shimcha tekislikka proyeksiyalanadigan qismi qo’shimcha ko’rinish deb ataladi.
O’quvchilarga “Ko’rinishlar” haqida umuiy ma’lumotni berib bo’lgach ularning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun ularga topshiriq beramiz. Zamon talabidan kelib chiqqan holda darslarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boshqa oddiy darslardan ko’ra o’quvchining qiziqishini darsni boshlamasdan oldin e’tiborini tortadi. Shu sababli men AutoCAD dasturi yordamida chizilgan variantlarni PowerPoint dasturiga joylashtirib darsga tayyorlangan hiolda olib kelishga qaror qildim.
Mavzu yuzasidan olib beradigan tajriba-sinovimda darsda har bir o’quvchi uchun alohida variant, topshiriq darsga oldindan rejalashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda albatta o’quvchini bilimiga, o’zlashtirish, ma’lumotni qabul qilish tezligi va shunga o’xshash jihatlariga qaranb o’quvchilarga variantlar kompyuter orqali beriladi. (Buning uchun chizmachilik xonasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan bo’lishi lozim).
Ko’rib turganingizdek variantlar PowerPoint dasturiga slayd shaklida joylashtirilgan. Har bir o’quvchi uchun tayyorlangan slayd o’quvchilarga qo’yib beriladi. Vazifa berilgandan so’ng ma’lum bir vaqt belgilanadi. O’quvchilar vazifani ishchi qog’ozlariga chizishni boshlaydilar. Muammoga uchragan yoki detalni tasavvur qolishga qiynalgan o’quvchilar yordam sifatida keyingi slaydni o’tkazib ko’rishlari mumkin bo’ladi. Mustaqil tarzda tushunchaga ega bo’lgan o’quvchi ishini davom ettiradi. Berilga vaqt tugagach esa ular keyingi slaydni o’tkazib to’g’ri javobni ko’rish imkoniyatiga egabo’ladilar. Bu esa o’quvchilar o’zlarini o’zlari tekshirishlari hamda uyda ham bundan mustaqil foydalanib Mavzu yuzasidan ko’nikmalarini oshirishlari imkoniyatini yaratadi.
Vazifani bajarib bo’lgan o’quvchi osondan qiyinga qarab borish maqsadida keyingi variant beriladi. Unda ham ish shu tartibda boradi.