"Savol-javob" asosida mavzuga doir quyidagi savollarga javob qaytaring



Download 102,1 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi102,1 Kb.
#93905
Bog'liq
Vazifa



Vazifa:
“Savol-javob” asosida mavzuga doir quyidagi savollarga javob qaytaring:
1.Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?
2.Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar qaysilar?
3.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada?
4.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivovlanishini asoslab bering?
5.Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar necha yoshidan qabul qilinadi?

Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharo- itida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish or- qali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.

Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.

Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo‘lgan insoniy tajribani o‘zlashtirishi kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o‘zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'ladi.

14 Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushu- narli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sa- yotgan odam shaxsiga ta’sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.

Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zona- lari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘z- lashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va h.k.). Tarbiya va ta’lim eng yaqin rivojlanish zonasiga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bola­ ning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi.

Inson shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi.

Har bir navbatdagi bosqich awalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi, awal erishilgan bosqich yanada yuqoriroq bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllarining aloqadorligi birinchi bos­ qichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida, ayniqsa, aniq namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chi- qilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.

Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi, uning ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pe- dagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog 15 A.S. Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab, shun- day yozgan edi: «Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘r- sata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘Isa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u o‘z bolaligida tarbiya topganidan qarzdordir».

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixof i ziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvof i q bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi.

Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fi krlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.

Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta’lim-tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi;

bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqa- dagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.

Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla- nishiga, suyaklar o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar gu- ruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.



Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 3 yoshdan boshlab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


Download 102,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish